Bu juda qiziq!
Odam organizmida qo‘l va oyoq, past-
ki jag‘, qo‘l panja suyaklari, ko‘pchilik
baliqlarda ko‘krak suzgichi, bo‘g‘imoyoq-
lilarda barcha tana segmentlari richag
vazifasini bajaradi. Masalan, boshimiz
muvozanatni saqlagan holda burilishi, qo‘l
va oyoqlarimizning bukilishi va hokazolar.
qirqis
ch (kalit)da
ming yil
a o
137
10-bob. HARAKAT VA KUCH
Blok – o‘z o‘qi atrofi da aylana oladigan ariqchali g‘ildirak.
Qurilishda yuklarni yuqoriga ko‘tarishda blok qoʻllanadi.
1. Uyda qanday oddiy mexanizmlardan foydalaniladi?
2. Hayvonlar tanasining qaysi a’zosi (qismi) richag vazifasini bajaradi?
Oddiy mexanizmlar haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz. Siz kundalik turmushda qan-
day oddiy mexanizmlardan foydalangansiz?
Chig‘iriq – aylanish dastagiga ega va
qo‘zg‘almas o‘q atrofi da aylana oladigan
g‘ildirak. Chig‘iriqdan yuklarni yuqoriga ko‘ta-
rishda, quduqdan che lak da suvni tashqariga
chi qarishda foydalanilgan.
Pona – o‘tkir burchakli, uchli, uchburchak shakli-
dagi qattiq metall jism. Ponadan ishlov berilayotgan
buyumlarni yorishda, ajratishda foydalaniladi. To‘nkaga
pona rasmda ko‘rsatilganidek qo‘yiladi va tepa qismidan
uriladi. Natijada to‘nka ikkiga ajraladi.
Qiya tekislik – gorizon-
tal sirtga burchak ostida
o‘rnatilgan tekis sirt. Qiya
tekislik – kuch ning ta’si-
rini oshirishda qo‘llana di-
gan qurilma. Aytaylik, yukni ma‘lum bir baland-
likka chiqarish zarur. Biroq yuk og‘ir bo‘lsa, yetarli
kuchni qo‘llash oson bo‘lmaydi. Ammo og‘ir yukni
qiya tekislik bo‘ylab dumalatish orqali yuqoriga
chiqarish kamroq kuch talab qiladi.
d
b
p
u
138
10-bob. HARAKAT VA KUCH
|