132
10-bob. HARAKAT VA KUCH
59-MAVZU.
HARAKAT TURLARI
Siz o‘rindiqda o‘tirib televizor ko‘ryapsiz. O‘ylab ko‘ring: tinch holatdamisiz yoki
harakatda?
Jism ma’lum bir vaqt davomida boshqa jismlarga nisbatan vaziyatini o‘zgartirmasa, uni
tinch holatda deymiz. Siz televizorga, uy devorlari va uydagi boshqa jihozlarga
nisbatan
tinch holatdasiz. Demak, siz harakatda emassiz.
Ma’lumki, Yer o‘z o‘qi hamda Quyosh atrofi da harakatlanadi.
Shuning uchun Yerdagi
barcha jismlar Yerga nisbatan tinch, ammo ular Quyosh va boshqa sayyoralarga nisbatan
doimiy harakatda bo‘ladi.
Siz harakatlanayotgan avtobusda ketayotgan bo‘lsangiz, qaysi jismlarga nisbatan
tinch, qaysi jismlarga nisbatan harakatda bo‘lasiz?
Ventilyator,
havodagi chang zarrasi, jo‘mrakdan
oqayotgan suv,
aylanayotgan charx-
palak, yugurayotgan ot, uchayotgan qush, sayyoralar harakatini kuzatganmisiz?
Tabiatdagi barcha harakatlar bir xilmi?