126
9-bob. MENING VATANIM
Omonxona bulog‘i Surxondaryodagi
Boysun tog‘larida joylashgan. U o‘zining
shifobaxshligi bilan ajralib turadi.
Buloq
suvining tarkibida inson salomatligi uchun
foydali bo‘lgan bir qancha elementlar mav-
jud.
Buloq yonida Omonxona g‘ori ham
bo‘lib, bu g‘orda g‘aroyib hodisani kuzatish
mumkin. Yoz faslining eng issiq paytlari-
da g‘or ichidagi harorat 5–6
daraja sovuq,
qishda esa 20–22 daraja iliq bo‘lib turadi.
Toshkent viloyatidagi Ugom-Chatqol davlat
milliy tabiat bog‘ida, dengiz sathidan 1200 m
dan
balandroqda noyob Urung‘och ko‘llari
joylashgan. U yuqori va Kichik Urung‘ochdan
iborat. Bu ikki ko‘l bir-biridan o‘lchamlari, suvi-
ning harorati bilan farq qiladi. Yuqori Urung‘och
ko‘li yoz faslida ham qurib qolmaydi. Uning suvi
feruza rangda jilolanadi.
Kichik Urung‘och
Yuqori Urung‘och
1. Yuqorida aytilganlardan tashqari yana qanday noyob tabiiy obyektlarni yoki
davlat muhofazasiga olingan tabiat yodgorliklarini bilasiz?
2. Tabiat yodgorliklarini xaritalarda qanday qilib tasvirlash mumkin?