119
8-bob. YER QOBIQLARI
Tundra va o‘rmon – tundra zonalari
asosan Yevrosiyo
va Shimoliy Amerikaning
shimoliy hududlarida keng tarqalgan. Yoz
salqin va qisqa, qish esa qattiq va uzoq davom
etadi (7–9 oy). Yillik yog‘in miqdori 200–400
mm atrofi da. O‘rtacha
oylik harorat iyulda
+10...+13 °C atrofi da, yanvarda esa –10 °C
dan –40 °C gacha pasayib ketadi.
1. Global iqlim o‘zgarishi tabiat zonalarining chegaralariga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2. Balandlik mintaqalanishining vujudga kelishining asosiy sabablari nimalar?
Tabiat zonalari nafaqat
ekvatordan qutblarga tomon, balki tog‘ etagidan cho‘qqisiga
qarab ham almashinib boradi. Bu
balandlik mintaqalanishi deyiladi.
Arktika cho‘llari zonasi Shimoliy Muz okeanidagi ko‘plab orollarni va Antarktidani o‘z
i chiga oladi. Asosan qor va muzlar bilan qoplangan. Bu zonada havo juda sovuq va past
haroratli davr juda uzoq davom etadi. Yog‘in asosan qor shaklida yog‘adi.