118
8-bob. YER QOBIQLARI
Mavsumiy nam tropik o‘rmonlar zonasi.
Bu zona sernam ekvatorial o‘rmonlar zona-
sini Shimol va Janub tomonlardan o‘rab turadi.
Bu zonaga ikki fasl xos:
sernam issiq yoz va
quruq issiq qish. Sernam yozda tabiat ekvatorial
o‘rmonlardan farq qilmaydi. Qurg‘oqchil davrda
esa daraxtlar bargini to‘kadi.
Sernam ekvatorial o‘rmonlar zonasi. Maz-
kur tabiat zonasiga ekvatorning har ikki tomoni-
dagi yondosh hududlar kiradi. Bu tabiat zonasi-
da o‘rtacha oylik harorati yil bo‘yi deyarli bir xil:
+25 °C atrofi da bo‘ladi. Yillik yog‘in miqdori 2000
mm dan oshadi, yil bo‘yi bir xilda taqsimlanadi.
Mazkur zona o‘simliklarining
asosiy xususiyati
doimiy yashilligi, ko‘p yarusliligi va juda qalinli-
gidir. Bu yerlarda fasllar almashinmaydi, yil bo‘yi
faqat bitta fasl – yoz bo‘ladi.
O‘rmon-dasht va dashtlar zonasi. Bu zona
Shimoliy yarimsharda
keng maydonlarni egalla-
gan. Janubiy yarimsharning bu kengliklari asosan
dengiz va okeanlar
bilan qoplangani uchun
dashtlar kam. Dasht
zonasi tuproqlari unumdor
bo‘lgani uchun hozirgi
vaqtda bu zona deyarli
to‘liq dehqonchilik
maqsadlarida foydalaniladi-
gan yerlarga aylantirilgan.