115
8-bob. YER QOBIQLARI
Yillik o‘rtacha harorat
O‘rtacha yillik haroratni aniqlash uchun bir yil davomidagi barcha o‘rtacha
oylik
haroratlar qo‘shilib, hosil bo‘lgan yig‘indi 12 (bir yildagi oylar soni)ga bo‘linadi. Masalan,
biror hududning o‘rtacha yillik haroratini aniqlaymiz.
Oylar
O‘rtacha oylik
haroratlar
Oylar
O‘rtacha oylik
haroratlar
Yanvar
-3 °C
Iyul
+28 °C
Fevral
+5 °C
Avgust
+22 °C
Mart
+11 °C
Sentyabr
+18 °C
Aprel
+16 °C
Oktyabr
+11 °C
May
+20 °C
Noyabr
+6 °C
Iyun
+23 °C
Dekabr
-1 °C
(-3 °C) + 5 °C + 11 °C + 16 °C + 20 °C + 23 °C + 28 °C + 22 °C + 18 °C + 11 °C + 6 °C +
(– 1 °C) = +156 °C +156 °C : 12 = +13 °C.
Demak, yillik o‘rtacha harorat +13 °C ga teng.
Troposferada yuqoriga ko‘tarilgan sari har 1000 m da havo harorati 6 °C ga pasayib bo-
radi. Agar yer yuzasida havo harorati +16 °C bo‘lsa, 2500 m balandlikdagi tog‘ cho‘q qi sida
harorat qanchaga teng bo‘ladi?
1000 m – 6 °C
2500 m – x
+16 °C – 15 °C = +1 °C
Javob: tog‘ cho‘qqisida havo
harorati +1 °C ga teng bo‘ladi.
1. Joyning geografi k kengligi haroratning o‘zgarishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2. Nima uchun troposferada yuqoriga ko‘tarilgan sari havo harorati pasayib boradi?
6000 m
5000 m
4000 m
3000 m
2000 m
1000 m
0
-12 ºC
-6 ºC
0 ºC
+6 ºC
+12 ºC
+18 ºC
+24 ºC