• Me’yoriy atmosfera bosimi
  • 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    50-MAVZU. 
    HAVO BOSIMI
    1. Havo bosimini va uning o‘zgarishini o‘rganish nima uchun muhim?
    2. Nima uchun balandlikka ko‘tarilganda ayrim odamlarda bosh aylanishi holati ro‘y 
    beradi?
    Tibbiyot shprisini olib, porshenni eng quyi holatga keltirib, shpris uchini suvga tushiramiz. 
    Porshen yuqoriga ko‘tarilsa, suv ham porshen ortida ko‘tariladi. Shpris suvdan olingandan 
    keyin ham undagi suv to‘kilmay turadi. Nega suvning og‘irligi bolsa ham, suv to‘kilmaydi? 
    Buning sababi, atmosfera bosimining mavjudligidir. Shprisdagi suv atmosfera bosimi 
    tufayli to‘kilmaydi.
    1 cm
    2
    Og irlik 
    1033 g
    H
    av
    o
    10
    00
     k
    m
    Havo bosimi barometr (baros – “og‘irlik”, “bo-
    sim”, metreo – “o‘l chash”) deb ataluvchi asbob 
    bilan o‘lchanadi. 
    Yer atmosferasi Yer yuzasidagi barcha pred-
    met va organizmlarga ma’lum bir kuch bilan 
    ta’sir ko‘rsatadi. Havoning Yer yuzasiga va un-
    dagi barcha narsalarga bo‘lgan bosimi havo 
    bosimi deb ataladi. Havo 1 cm
    2
    yuzaga 1 kg 
    dan ortiqroq kuch bilan ta’sir ko‘rsatadi. Odam-
    lar bu bosimni sezmaydi, chunki havo bosimi 
    inson tanasidagi ichki bosim bilan bir xil, ya’ni 
    muvozanatlashgan.
    1643-yilda E.Torrichelli havo bosimini o‘lchay-
    digan asbob – simobli barometrni yaratdi va at-
    mosfera bosimini aniqladi.
    Me’yoriy atmosfera bosimi – bu dengiz 
    sathida harorat 0 °C ga teng bo‘lgandagi havo 
    bosimidir. Bunda havo bosimi 760 mm simob 
    ustuni (Hg) ga teng bo‘ladi.
    Oynali naycha
    Bosim tushsa঑ 
    ustundagi simob 
    ham tushadi
    Simob 
    ustunining 
    balandligi, 
    mm da
    Bosim oshsa, 
    ustundagi simob 
    ham koখtariladi
    Vakuum
    Yer sirtidan yuqoriga ko‘tarilgan sari atmos-
    fera bosimi kamayib boradi. Bunga sabab yer 
    sirtidan yuqoriga ko‘tarilgan sari havo zichli-
    gi kamayadi. Shu tufayli dengiz sathidan har 
    10 m balandlikka ko‘tarilganda atmosfera bo-
    simi o‘rtacha 1 mm simob ustuniga pasayadi. 
    Joyning balandligini yoki siz turgan ba-
    landlik bosimini qanday aniqlash mumkin? 


    113
    8-bob. YER QOBIQLARI
    Masalan, Toshkent shahri dengiz sathidan 400 m balandlikda joylashgan. Toshkentda 
    havo harorati 0 °C bo‘lganida havo bosimi qanchaga teng bo‘lishi quyidagicha aniqla nadi. 
    1. Havo bosimining o‘zgarishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatishi mumkin?
    2. Dengiz sathida havo bosimi 760 mm simob ustuniga teng bo‘lsa, balandligi 
    2000 m bo‘lgan tog‘ cho‘qqisidagi havo bosimini aniqlang.

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish