109
8-bob. YER QOBIQLARI
chuqur cho‘kmalar kabi yirik relyef shakllari mavjud.
Okeanlarning materik larga
tutashgan chekka qismlari-
da quruqlikning suv tagidagi davomi –
materik sayozli-
gi, ya’ni
shelf joylashgan. Uning chuqurligi 200 m dan
oshmaydi. 200 metr dan 2500–3000 metr chuqurlikkacha
bo‘lgan joylar
materik yonbag‘ri deyiladi. Undan chuqur-
da okean tagi boshlanadi. Okeanlar tubi relyefi da uzluk-
siz davom etadigan o‘rta okean tizmalari, vulqonli tog‘lar,
cho‘kmalar, soylik va platolar mavjud.
Dengiz va okeanlarning chuqurligi
exolot asbobi bilan
o‘lchanadi. Bunda okean yoki dengiz tubiga qarab exolotdan tovush to‘lqi-
ni yuboriladi. Tovushning okean yoki dengiz tubiga borishi va qaytishi uchun
ketgan vaqt o‘lchanib, ular ning chuqurliklari aniqlanadi.
Tovushning suvda tarqalish tezligi 1500 m/s, ya’ni tovush to‘lqini suvda 1
sekundda
1500 m masofani bosib o‘tadi.
Masalan, dengiz ostiga tovush to‘lqini 3 sekundda yetib borsa,
dengiz chuqurligi
quyi dagicha topiladi:
3 s
· 1500 m/s = 4500 m.
Demak, dengizning chuqurligi 4500 m ga teng.