• 2. Rasmda nima tasvirlangan A) parallellar B) ekvator chizig‘i C) meridianlar 3. Xaritaning masshtabi 1:15 000 000. Ikki shahar orasidagi haqiqiy masofa 600 km
  • 5. Agar K nuqta dengiz sathidan 500 m balandda joylashgan bo‘lsa, M nuqta necha metr balandda joylashgan
  • 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet76/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    BOB YUZASIDAN MANTIQIY 
    FIKRLASHGA YO NALTIRILGAN TOPSHIRIQLAR
    1. 1:500 000 masshtabda tuzilgan xarita masshtabiga ko‘ra xaritalarning qaysi turi-
    ga mansub? 
    A) yirik masshtabli xarita
    B) o‘rta masshtabli xarita
    C) mayda masshtabli xarita
    2. Rasmda nima tasvirlangan?
    A) parallellar
    B) ekvator chizig‘i
    C) meridianlar
    3. Xaritaning masshtabi 1:15 000 000. Ikki shahar orasidagi haqiqiy masofa 600 km 
    ga teng bo‘lsa, bu masofa xaritada necha cm ga teng bo‘ladi?
    4. A nuqta qaysi kenglik va uzoqlikda joylashgan?
    A) shimoliy kenglik, g‘arbiy uzoqlik 
    B) shimoliy kenglik, sharqiy uzoqlik
    C) janubiy kenglik, g‘arbiy uzoqlik
    D) janubiy kenglik, sharqiy uzoqlik
    5. Agar K nuqta dengiz sathidan 500 m balandda 
    joylashgan bo‘lsa, M nuqta necha metr balandda joylashgan?
    A) 800 m
    B) 850 m
    C) 950 m
    D) 900 m
    10º

    50º
    40º
    *A


    104
    8-bob. YER QOBIQLARI
    8
    b o b
    -
    YER 
    QOBIQLARI
    Litosfera plitalarining harakati
    46-MAVZU. 
    LITOSFERA PLITALARI
    1. Yer sharini o‘rab turgan qobiqlarni bilasizmi?
    2. Vulqon otilishi atrof-muhitga qanday ta’sir qiladi?
    Litosfera (yunoncha litos – “tosh”, sphaira – “shar”) Yer po‘sti va mantiyaning yuqori 
    qismini o‘z ichiga oluvchi Yerning qattiq qobig‘i hisoblanadi. Uning o‘rtacha qalinligi quruq-
    lik va okean ostida turlicha. U quruqlikda o‘rtacha 100–200 km gacha, okean ostida esa 
    50–60 km gacha qalinlikka ega. Litosfera qobig‘i yaxlit bo‘lmay, alohida-alohida yirik 
    va qattiq bo‘laklardan iborat. Bunday yirik va qattiq bo‘laklar litosfera plitalari deb 
    ataladi. 
    Litosfera plitalari doimiy harakatda bo‘ladi. Olimlar bunga Yer po‘sti bilan mantiya 
    oralig‘idagi astenosfera qatlamining yumshoq va elastik holatdagi moddalardan iborat 
    ekanini sabab qilib keltirishadi.
    Plitalarning harakati natijasida Yerda turli xil jarayonlar sodir bo‘ladi. Ular to‘qnashgan 
    joylarda yosh tog‘lar, yoysimon orollar, harakatdagi vulqonlar, zilzilalar ro‘y beradi.


    105
    8-bob. YER QOBIQLARI
    Tinch okean 
    olov halqasi
    Alp – Himolay 
    seysmik mintaqasi
    Yer yuzida tez-tez zilzilalar bo‘lib turadigan va ko‘plab harakatdagi vulqonlar joylash-
    gan hududlar seysmik mintaqalar deb ataladi. Bunday mintaqalar asosan litosfera plitalari 
    bir-biriga to‘qnashgan yoki ajralayotgan joylarga to‘g‘ri keladi. Yer yuzida ikkita eng yirik 
    seysmik mintaqa mavjud: Tinch okean “olov halqasi” va Alp-Himolay seysmik mintaqasi.

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish