102
7-bob. GEOGRAFIK XARITALAR
Mayda masshtabli umumgeografi k xaritalarda go-
rizontallar oralig‘idagi shkalalar farqi tasvirlanadigan
hududlarga bog‘liqdir. Masalan, O‘rta Osiyoning relyefi
notekis bo‘lgani uchun quyidagi shkalalar qabul qilin-
gan: 0 metrdan past joylar to‘q yashil rangda (asosan
botiqlar tasvirlanadi), 0–100 metrgacha yashil rang-
da, 100–200 metrgacha och yashil rangda tasvirlana-
di. 200–400 metrgacha och jigarrang, balandligi oshib
borgan sari jigarrang to‘qlashib boraveradi.