2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/132
Sana09.12.2023
Hajmi18,41 Mb.
#114589
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132
Bog'liq
2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

Episentr
Giposentr
Giposentr (yer qimirlash o‘chog‘i) – yer-
ning ichki qismidagi yer qimirlash bosh-
lanadigan joy. 
Episentr (yer qimirlash markazi) – yer 
qimirlash o‘chog‘i ustidagi joy. Ya’ni zilzila 
to‘lqinining yer betiga kelib urilgan joyi.
Yirik seysmik mintaqalar
Zilzila deb Yer po‘stida ro‘y beradigan uzilish, sinish, yorilish, bukilish, vulqon otilishi 
va boshqa jarayonlar ta’sirida sodir bo‘ladigan silkinishlarga aytiladi. Zilzilalar vujudga 
kelish sabablariga qarab: tektonik, vulqon va o‘pirilish zilzilalariga bo‘linadi.


106
8-bob. YER QOBIQLARI
Yer qimirlashi seysmografl arda (seismos – “yer qimir-
lashi”, grafo – “yozaman”) yozib olinadi. Yer qimirlashi 
yozilgan qog‘oz seysmogramma deb ataladi.
Zilzila kuchini aniqlashda foydalaniladigan bir qancha 
shkalalar mavjud. Mamlakatimizda zilzila kuchi 12 ballik 
Rixter shkalasi yordamida o‘lchanadi. Rixter shkalasi jad-
vali seysmolog Rixter nomi bilan ataladi.
Yerda sodir bo‘ladigan xavfl i jarayonlardan yana biri – bu vulqon otilishi. Yerning ichki 
qismidan lava, issiq gaz, suv bug‘lari va boshqa jinslar yer yuzasiga oqib chiqishi va o‘ziga 
xos relyef shakllarini hosil qilishiga vulqonlar deyiladi.
Vulqonlar yer yuzasi tabiatiga (iqlim, relyef, yer osti suvlari, tuproq, o‘simlik va hayvonot 
dunyosiga) va inson xo‘jalik faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, vulqon otilishi atrof-
muhit, iqlim va odamlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning 
yomonlashuviga sabab bo‘ladi.
1. Dengiz va okeanlarda ham zilzilalar bo‘ladimi? Fikringzini asoslang.
2. Seysmik mintaqalar deganda nimani tushunasiz?
Zilzilaning kuchi giposentr va episentrlarda turli xil bo‘ladi. Eng yuqori ball giposentr-
da kuzatilib, episentrgacha asta-sekin kamayib boradi. Zilzila o‘chog‘i (giposentr) 
qancha chuqurda bo‘lsa, yer qimirlash markazida (episentrda) ball shuncha past bo‘ladi. 
Vulqon kuli
Lava
Vulqon o chog i
Vulqon kanali
Magma
Seysmograf


107
8-bob. YER QOBIQLARI

Download 18,41 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   132




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish