110
8-bob. YER QOBIQLARI
49-MAVZU.
ATMOSFERA TUZILISHI
1. Atmosferaning qanday ahamiyati bor deb o‘ylaysiz?
2. Atmosfera qanday gazlardan iborat?
Atmosferaning Yer uchun ahamiyati quyidagilardan iborat:
Atmosfera yer yuzasini
kunduzi kuchli isishdan, kechasi
esa kuchli sovishdan
himoya qiladi.
Quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi.
Yer yuzini samoviy toshlar (meteoritlar) hujumidan saqlaydi: atmosferamizga
katta tezlik bilan uchib kirgan meteoritlar ishqalanish hisobiga yemiriladi va haraka-
ti davomida uchqun chiqaradi. Biz uni ko‘pincha “yulduz uchdi” deymiz.
Yer yuzida Quyosh issiqligining qayta taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, iqlimni
mo‘tadillashtirib turadi.
Yer yuzida organik hayotning mavjudligini ta’minlaydi.
Atmosfera (yunoncha
atmos – “bug‘”,
sphaira – “shar”) – Yerni o‘rab turgan havo qobig‘i.
Atmosferaning gaz tarkibi quyidagicha:
78% azot, 21% kislorod va 1% boshqa gazlar. Bun-
dan tashqari, atmosferada suv bug‘lari, changlar ham
mavjud.
78% azot
21%
kislorod
1% boshqa
gazlar
Yer havo qobig‘ining qalinligi taxminan 2000 km. Lekin turli balandlikda havo ning tarkibi,
harorati, zichligi bir-biridan farqlanadi. Shu bois atmosfera bir qancha qatlamlarga ajratiladi.