• Gorizontallar
  •  Joyning nisbiy balandligi




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    2. Joyning nisbiy balandligi. Yer yuzasidagi biror nuqtaning 
    boshqa nuqtadan tik balandligiga nisbiy balandlik deyiladi. Ma-
    salan, tepalikning atrofi dagi tekislikdan baland ligi, baland tog‘lar-
    dagi biror cho‘qqining boshqa cho‘qqidan balandligi va hokazolar.
    Barchamizga ma’lumki, Yer yuzasi notekis bo‘lib, turli xil past-balandliklardan iborat. Yer 
    yuzida baland va past tog‘lar, qirlar, adirlar, keng tekisliklar, botiq joylar mavjud. Mana shun-
    day barcha past-balandliklar relyef deb ataladi. 
    Joy balandligining ikki xil turi mavjud. 
    Tepalikning mutlaq balandligi (oq chiziq) va nisbiy (qora chiziq) balandligi
    Agar quruqlikda dengiz sathidan ham past joylar bo‘lsa, ular oldiga manfi y (–) bel-
    gi qo‘yiladi. Masalan, Qizilqum cho‘lidagi Mingbuloq botig‘ining dengiz sathidan baland-
    ligi –12 m. Ya’ni bu botiq dengiz (Boltiq dengizi) sathidan 12 m pastda joylashgan.
    Kronshtad shahridagi
    ঔfutshtokক


    100
    7-bob. GEOGRAFIK XARITALAR
    1. Nima uchun mutlaq balandlik quruqlikdagi 
    ko‘l yoki daryolardan emas, aynan dengiz 
    yoki okeanlardan hisoblanadi?
    2. Quruqlikdagi dengiz sathidan eng baland 
    va eng past joylar qaysilar?
    Tepalik (A) va botiq (B) 
    ning xaritalarda gorizon-
    tallar bilan tasvirlanishi
    25 m
    25
    15
    A
    a)
    10
    10
    15
    20
    25
    10
    15
    20
    25 m
    10
    15
    20
    25
    A
    Yer yuzasidagi balandliklar nivelir yordamida o‘lcha-
    nadi. Nivelirlash natijasida Yer yuzasida joylashgan 
    nuqtalarning nisbiy balandligi o‘lchanadi. Nivelirlash joy 
    relyefi ning shakllarini o‘rganish, ularni xaritalarda tas-
    virlash hamda har xil bino va inshootlarni loyihalash
    qurishda zarur bo‘lgan nuqtalar balandligini o‘lchash 
    hamda ularning farqini aniqlash uchun bajariladi.
    Hozirgi vaqtda Yerning sun’iy yo‘ldoshlari yordami-
    da ham Yer yuzasidagi har bir joyning aniq balandligini 
    o‘lchash mumkin.
    Gorizontallar deb quruqlik yuzasidagi mutlaq balandligi bir 
    xil bo‘lgan nuqtalarni xaritalarda tutashtiruvchi chiziqlarga aytila-
    di. Gorizontallardan joy planlarida va xaritalarda relyefni tasvir-
    lash uchun foydalaniladi. Xaritalarda, ayniqsa, joy planida tepalar 
    ham, chuqurlar ham gorizontallar bilan tasvirlanadi. Yer yuzasi 
    qaysi tomonga qiya bo‘lsa, gorizontallarga qiya tomonni ko‘rsa-
    tuvchi chiziqcha qo‘yiladi. Bu chiziqcha bergshtrix deb ataladi. 
    Bergshtrixga qarab botiq va tepaliklar ajratib olinadi. Yonbag‘irlar 
    juda tik bo‘lsa, planda mayda tishlarga o‘xshagan chiziqlar bilan 
    ko‘rsatiladi. Jarlar ham shunday chiziqlar bilan tasvirlanadi.

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish