• 43-MAVZU. GEOGRAFIK KOORDINATALARNI ANIQLASH
  • Yerning qutblari
  • 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet69/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    5-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring.
    Sonli masshtab
    Nomli masshtab
    ………………….
    1 сm da 700 km
    1 : 60 000 000
    …………………..
    ………………….
    1 сm da 300 km
    1 : 8 000 000
    …………………….
    1 сm da 15 km
    1 : 35 000 000
    Uyingizdan maktabgacha bo‘lgan masofani chizmada tasvirlang. Masshtabni 
    o‘zingiz mustaqil tanlang.


    96
    7-bob. GEOGRAFIK XARITALAR
    43-MAVZU. 
    GEOGRAFIK 
    KOORDINATALARNI ANIQLASH
    1. Geografi k koordinatalarni aniqlash nima uchun zarur?
    2. Koordinatalardan qanday sohalarda foydalanish mumkin?
    Biror shar shaklidagi jismni olib aylantirsangiz, uning yuqoridagi 
    va quyidagi nuqtalari o‘z joyida qo‘z g‘almasdan aylanadi. Yer ham 
    o‘z o‘qi atrofi da aylanganida uning ikki qarama-qarshi tomonida-
    gi nuqtasi o‘z joyida aylanadi. Yerning shu ikki nuqtasi Yerning 
    qutblari deyiladi. Ular Shimoliy va Janubiy qutb deb ataladi.
    Yer qutblaridan barobar uzoqlikda, Yerning o‘rtasidan o‘tgan 
    katta aylana chiziq ekvator deb ataladi. Uning uzunligi taxminan 
    40000 km. Ekvator Yerni shimoliy va janubiy yarimsharlarga ajra-
    tib turadi.
    Ekvatorga parallel qilib chizil-
    gan chiziqlar parallellar deyila-
    di. Yerning shakliga bog‘liq ravishda 
    paral lellarning uzunligi ekvatordan qutblar 
    tomon qisqarib boradi. 
    Shimoliy va Janubiy qutblarni tutashtiruvchi yarim 
    aylana chiziqlar meridianlar deyiladi. London shahridagi 
    Grinvich rasadxonasidan o‘tgan meridian chizig‘i Bosh 
    meridian deb qabul qilingan.
    Parallellar va meridianlar o‘zaro kesishishidan dara-
    ja to‘ri hosil bo‘ladi. Bunday to‘rni xarita va globuslarda 
    ko‘rishingiz mumkin.
    Daraja to‘ri yordamida yer yuzasidagi har qanday 
    joyning (nuqtaning) o‘rnini, ya’ni geografi k koordinata-
    sini va ufq tomonlarini aniqlash mumkin. Buning uchun 
    nuqtaning geografi k kengligi va uzoqligini aniqlab olish lozim.

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish