95
7-bob. GEOGRAFIK XARITALAR
1-masala. Xaritada 1:1 500 000 masshtab ko‘rsatilgan. Bu son nimani anglatadi?
Yechilishi. Xaritadagi 1 cm masofa yer yuzidagi 1 500 000
cm masofaga, ya’ni
15 km ga tengligini bildiradi.
2-masala. Avstraliya va Okeaniyaning tabiiy xaritasida masshtab 1:50 000 000 ga
teng. Ikki nuqta orasidagi masofa 4 cm ga teng bo‘lsa, ular o‘rtasidagi haqiqiy masofa
necha kilometrga teng?
Yechilishi. Xarita masshtabi 1:50 000 000, xaritadagi 1 cm tashqarida 500 km ga
teng: 4 · 500 km = 2000 km. Demak, tanlangan ikki nuqta orasidagi masofa 2000 km
ga teng ekan.
3-masala. Xarita masshtabi 1:25 000 000 ga, A va
B joylar orasidagi haqiqiy
masofa 750 km ga teng. Xaritada A va B nuqtalar orasidagi masofani toping.
Yechilishi. Xarita masshtabi 1:25 000 000 bo‘lsa, xaritdagi 1
cm tashqarida
250 km ga teng: 750 : 250 = 3 cm. Demak, xaritada A va B nuqtalar orasidagi masofa
3 cm ga teng.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar
1-topshiriq. 1:30 000 000 masshtabli xaritada ikki shahar orasidagi masofa: a) 3 cm;
b) 5 cm; c) 10 cm; d) 15 cm bo‘lsa, ular orasidagi haqiqiy masofani aniqlang.
2-topshiriq. Masshtabi 1:20 000 000 bo‘lgan xaritada ikki
shahar orasidagi masofa
6 cm ga teng. Shaharlar orasidagi haqiqiy masofani toping.
3-topshiriq. Xarita masshtabi 1:6 000 000, A va B joylar
orasidagi haqiqiy masofa
720 km ga teng. Xaritada A va B nuqtalar orasidagi masofani toping.
4-topshiriq. Toshkent va Samarqand shaharlari orasidagi masofa taxminan 300 km.
Masshtabi 1:5 000 000 bo‘lsa, xaritada ikki shahar
orasidagi masofa qanchaga
teng bo‘ladi?