91
7-bob. GEOGRAFIK XARITALAR
7
b o b
-
GEOGRAFIK
XARITALAR
Siz Yer yuzi tabiati haqida muayyan bilimlarga egasiz. Shuni yodda tutingki,
biror
mate rik, orol, yarimorol, tog‘, okean, dengiz yoki daryoning aynan qayerda joylashganini
yaxshi tasavvur qilish va eslab qolish uchun ularning ixchamlashtirilgan tasviridan foyda-
lanish qulaydir.
Ge ografi k xaritada Yer yuzasining butun yoki uning bir qismini tasvirlash mumkin.
Masalan, dunyo xaritasida Yer yuzasi butun tasvirlansa, materiklar va okeanlar xaritasida
esa alohida bir materik yoki okeanlar tasvirlanadi. Tabiiy geografi k o‘lkalarning xaritalarida
esa Yerning ma’lum bir kichik qismi tasvirlanadi.