• 39-MAVZU. OY – YERNING TABIIY YO LDOSHI 1. Yangi Oy xalq tilida nima deb nomlanadi 2. Oyning Yerga qanday ta’sirlari mavjud Oy
  • 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet63/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    KATTA 
    AYIQ
    KICHIK AYIQ
    QUTB YULDUZI
    (OLTIN QOZIQ)
    SHIMOL
    SHARQ
    G ARB
    JANUB


    86
    6-bob. QUYOSH SISTEMASI VA KOINOT
    39-MAVZU. 
    OY – YERNING TABIIY YO LDOSHI
    1. Yangi Oy xalq tilida nima deb nomlanadi? 
    2. Oyning Yerga qanday ta’sirlari mavjud?
    Oy – Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi. 
    U Yerga eng yaqin osmon jismi hisobla-
    nadi. Uning radiusi 1738 km, massasi 
    7,35·10
    22
    kg. Oydan Yergacha bo‘lgan 
    masofa 384 000 km. 
    Odamlar doim Oyning faqat bir tomonini ko‘radi. Oy 
    ham Yer kabi o‘z o‘qi atrofi da aylanadi. 
    Oy o‘z o‘qi atrofi da har 27,3 Yer sutkasida bir 
    marta aylanadi.
    Oyning tortishish kuchi Yerni, ayniqsa, Oyga 
    eng yaqin bo‘lgan qismini tortadi. Natijada den-
    gizlar va ko‘llar biroz ko‘tarilib, kichik tosh-
    qinlarni yuzaga keltiradi.
    Odamla
    ham Ye
    Oy
    mart
    O
    en
    g
    q
    384 
    000 
    km
    Oyning massasi Yer massasidan 81 marta kichik. 


    87
    6-bob. QUYOSH SISTEMASI VA KOINOT
    Oy nur sochmaydi, u Quyoshdan tushgan nurni qaytaradi. Bizga Oyning faqatgina 
    Quyosh bilan yoritilgan qismi ko‘rinadi. Bu ko‘rinish ayni o‘sha paytda Oyning Quyoshga 
    nisbatan joylashishiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Yerdan qaraganda Oyning turli (yangi oy, 
    yarim oy, to‘lin oy) shakllarda ko‘rinishi uning fazalari deyiladi. 
    Oy fazalarining o‘zgarishi yangi oy chiqishi bilan boshlanadi. Bu Oy Quyosh va Yer 
    o‘rtasida bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Yangi Oy ko‘zga ko‘rinmaydi. Sababi Quyosh 
    nurlari Oyning Yerga qaragan qismiga emas, orqa tomoniga tushadi. So‘ng Oyning 
    Yerga qaragan tomoniga Quyosh nuri tusha boshlaydi. Oyning Quyosh nuri tushuvchi 
    qismi kattalashib boradi va yarim aylana holatiga keladi. Bu Oyning birinchi choragi
    deyiladi. Quyosh nurlari Oyning Yerga qarab turgan qismini to‘liq yoritganda oy butun 
    bo‘lib ko‘rinadi. U to‘lin oy deb ataladi. Oy yana qisqarishni boshlaydi va oxirgi cho-
    rakka yetadi. Keyin oy asta-sekin “tugab boradi” va yana qaytadan yangi oy chiqadi. 
    Bu jarayon shu tariqa to‘xtovsiz davom etadi. 
    Yangi oy bilan eski oyning bir-biridan farqi 
    shundaki, yangi oy kechqurun osmonning
    g‘arbiy qismida, eski oy esa tongda osmon-
    ning sharqiy qismida ko‘rinadi.
    1Nega Oyda sakragan odam Yer-
    dagiga nisbatan ancha balandga 
    sakraydi?
    2. Quyosh, Oy va Yer koinotda bir 
    chiziqqa to‘g‘ri kelib qolsa, qan-
    day hodisalar ro‘y beradi?


    88
    6-bob. QUYOSH SISTEMASI VA KOINOT

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish