2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/132
Sana09.12.2023
Hajmi18,41 Mb.
#114589
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132
Bog'liq
2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

38-MAVZU. 
QUTB YULDUZIGA 
QARAB MO L JAL OLISH
1. Qutb yulduzini Yerning qaysi qismidan turib ko‘rib bo‘lmaydi?
2. Qutb yulduzi ko‘rinmaydigan paytda qanday qilib ufq tomonlarini aniqlash mum-
kin?
Qutb yulduzini aniqlash uchun Katta Ayiq yulduzlar turkumining eng pastki qismida-
gi ikkita yulduz oralig‘idagi masofani Kichik Ayiq yulduz turkumi tomon 5 marta qo‘yib 
chiqilsa, Oltin Qoziq yulduziga boriladi.
Insonlar tunda Qutb yulduziga qarab mo‘ljal oladi. Masalan, bormoqchi bo‘lgan 
shahringiz siz turgan joyga nisbatan sharqda joylashgan. Bu holatda Qutb yulduziga qa-
rab mo‘ljal olasiz. Siz unga yuzingiz bilan qarab turgan tomon shimol bo‘ladi. Sharq 
tomonga borish uchun esa o‘ngga yurasiz.
Qutb yulduziga qarab mo‘ljal olish bilan birga, ufq tomonlarini aniqlash ham mum-
kin. Ufq tomonlarini aniqlashda Qutb yulduziga qarab turgan bo‘lsangiz, qarab tur-
gan tomoningiz shimol, o‘ng tomoningiz sharq, orqa tomon janub, chap tomoningiz esa 
g‘arb bo‘ladi. Asosiy ufq tomonlarini aniqlab olgach, oraliq ufq tomonlarini ham topa 
olasiz. 
1
3
2
4
5
QUTB YULDUZI
(OLTIN QOZIQ)
KATTA 
AYIQ
KICHIK AYIQ


85
6-bob. QUYOSH SISTEMASI VA KOINOT
Demak, Qutb yulduziga qarab mo‘ljal olishning ahamiyati shundaki, insonlar sayohat-
ga chiqqanlarida harakat yo‘nalishini aniqlash uchun Qutb yulduziga qarab ufq tomonlarini 
va shunga ko‘ra o‘z yo‘nalishlarini belgilab oladi.
1. Sayohatchi agar Qutb yulduzini o‘ng tomonida ko‘rgan bo‘lsa, u qaysi tomonga 
qarab yo‘nalgan?
2. Vagon derazasidan qarab ketayotgan yo‘lovchi Qutb yulduzini dastlab poyezdning 
old tomonida ko‘rdi, biroz vaqtdan keyin Qutb yulduzi poyezdning o‘ng tomonida-
gi derazaning ro‘parasida paydo bo‘ldi. Poyezdning qaysi tomonga burilganligini 
aniqlang.

Download 18,41 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   132




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish