78
5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH
Bilamizki, suv hayot uchun zarur. Tozalanmagan suvni iste’mol
qilishdan turli
kasalliklar kelib chiqadi.
Oshqozon-ichak kasalliklari, o‘t qopi va buyraklarda toshlarning
paydo bo‘lishi va hokazolar. Bunday hollarda suvni tozalab iste’mol qilish salbiy oqibatlar-
ning oldini oladi.
Shuningdek, suvning ifl oslanishi hayvonot dunyosiga ham ta’sir qiladi. Ifl oslangan
suvda yashovchi tirik organizmlar bilan oziqlanish orqali biz ular iste’mol qilgan toksinlarni
ham yutamiz va to‘playmiz. Bu uzoq muddatli kasalliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.
1. Oila a’zolaringiz suvdan qanday foydalanishlarini kuzating va tahlil qiling.
2. Suvni ifl oslaydigan manbalar va tozalash usullari haqida ma’lumotlar to‘plang.
1. Faollashtirilgan ko‘mirdan nima maqsadda foydalaniladi?
2. Tozalanmagan suvni iste’mol qilish qanday oqibatlarga olib keladi deb o‘ylaysiz?
79
5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH