|
-MAVZU.
EKOSISTEMALARDA ENERGIYA OQIMI Pdf ko'rish
|
bet | 57/132 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 18,41 Mb. | | #114589 |
Bog'liq 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd34-MAVZU.
EKOSISTEMALARDA ENERGIYA OQIMI
Rasmda tasvirlangan hodisani guruhda muhokama qiling.
Yerning yagona energiya manbai Quyosh-
dir. Avtotrofl ar, ya’ni produtsentlar fotosintez
jarayonida Quyosh energiyasini kimyoviy
energiyaga aylantiradi, ya’ni o‘zlari uchun
zarur oziq moddalarni hosil qiladi. Avtotrof-
lar geterotrofl ar uchun oziq va energiya
manbaidir. O‘simliklar bilan oziqlanuvchi
o‘txo‘r hayvonlar birinchi tartib konsument
(iste’molchi)lar deyiladi. O‘txo‘r hayvonlar
o‘simliklarni iste’mol qilish orqali energiya
oladi. O‘txo‘rlar ikkinchi tartib konsument
(yirtqich hayvon)lar uchun oziq bo‘ladi. De-
mak, yirtqichlar energiyani boshqa hay-
vonlarni iste’mol qilish hisobiga o‘zlashtiradi.
Ikkinchi tartib konsumentlar bilan uchinchi
tartib konsumentlar oziqlanadi. O‘simlik va
hayvonlar nobud bo‘lgach, ularning tanasi
redutsentlar (zamburug‘lar va mikroorga-
nizmlar) fao liyati tufayli parchalanadi. De-
mak, organizm qoldiqlarini parchalash orqali
redutsentlar energiya qabul qiladi.
Oziq zanjiri – har biri boshqasi uchun oziq
bo‘ladigan organizmlar ketma-ketligi. Oziq
zanjiridagi har bir bo‘g‘in trofi k daraja deb
ata ladi. Oziq zanjiri organik moddalar va ular-
dagi energiyaning harakat yo‘lini ko‘rsatadi.
Yorug lik energiyasidan foydalanib
karbonat angidridni, suvdan foydalanib
organik moddalarni sintez qiluvchi orga-
nizmlar. Ularga yashil o simliklar, suvo tlar
kiradi.
O simliklar va boshqa hayvonlar bi-
lan, ya’ni tayyor organik birikmalar bilan
oziqlanuvchi organizmlar. Ularga hayvon-
lar, ayrim bakteriya, protoktista va zam-
burug lar kiradi.
Ekosistemadagi tirik organizmlar
oziqlanish usuliga ko‘ra ikki
guruhga ajratiladi:
AVTOTROFLAR
GETEROTROFLAR
Rasmda tasvirlangan hodisani guruhda muhokama qiling.
O‘simlik
Chigirtka
Qurbaqa
Laylak
Tirik organizmlarda sodir bo‘ladigan ha-
yotiy jarayonlar uchun energiya zarur. Oziq
tirik organizmlar uchun energiya manbaidir.
Hujayralarda oziq moddalar parchalanishi
natijasida energiya hosil bo‘ladi. Bu energi-
ya organizmlarning harakatlanishi, o‘sishi va
rivojlanishi uchun sarfl anadi.
76
5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH
1 kg
III tartib konsument
II tartib konsument
I tartib konsument
Produtsent
10 kg
100 kg
1000 kg
Rasmga diqqat bilan qarang. Tirik organizmlarning ketma-ketligini qanday izohlaysiz?
“Avtotrof”, “geterotrof”, “produtsent”, “konsument”, “redutsent” tushunchalari mazmunini
esga oling. Ushbu tushunchalar oziq zanjiridagi qaysi organizmlarga mos keladi? Oziq
zanjirida nechta trofi k daraja bor?
Oziq zanjiri
Oziq zanjirining bir bo‘g‘inidan ikkinchi bo‘g‘iniga modda va energiyaning faqat 10 foizi
o‘tadi, qolgan 90 foizi tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarini ta’minlashga sarfl anadi.
Demak, oziq zanjirida modda va energiya bir bo‘g‘indan ikkinchisiga o‘tganda 10 baro-
bar kamayadi. Oziq zanjiridagi trofi k darajalarni ustma-ust joylashtirsak, ekologik piramida
hosil bo‘ladi.
Produtsentlar va redutsentlar o‘rtasidagi qarama-qarshi yo‘nalgan ko‘rsatkich nimani
anglatishini tushuntiring. Energiya uzatilishini yopiq halqa tarzida tasvirlang.
Quyosh
energiyasi
Avtotrof
(produtsent)
Geterotrof
(konsument)
Redutsent
77
5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH
|
| |