Davrlar Iqlimning o‘zgarish holatlari Arxey Bu erada dastlab materik platformalari tashkil topgan. Butun yer yuzi sayoz okean
bilan qoplangan. Vulqonlar otilishi tez-tez kuzatilgan. Quyosh radiatsiyasi esa
hozirgidan katta bo‘lgan. Yer shari iqlimi issiq va sernam bo‘lib, issiqlik va namlik
yuqori bo‘lgan.
Proterozoy Bu erada quruqlik maydoni kengayib, dastlabki “materik” (orollar) iqlimlari tarkib
topgan. Shamollar kuchaygan, atmosfera aylanma harakati va siklonlar vujudga
kelgan. Natijada muzliklar paydo bo‘la boshlagan.
Paleozoy Bu eraning kembriy davrida iqlim zonalari vujudga kelgan. Silur va ordovik
davrlarida esa dastlabki bosim markazlari paydo bo‘lgan hamda iqlim quruqlasha
borgan. Devon davrida iqlimning quruqligi yanada ortgan, toshko‘mir davrida yil
fasllari vujudga kelgan. Permda iqlimning kontinentalligi birmuncha kuchaygan,
troposfera frontlari tashkil topgan, atmosfera sirkulyatsiyasi kuchayib, deyarli
hozirgiga o‘xshash holatga kelgan.
Mezozoy Bu erada iqlim zonalari va mahalliy tafovutlar tobora orta borgan. Sovuq qutbiy
iqlimlar hosil bo‘lgan. Mezozoyda sutemizuvchilar paydo bo‘lgan.
Kaynozoy Bu erada ham iqlim birmuncha o‘zgargan: issiq iqlim juda sovib ketgan. Natijada
Yer shari iqlimi sovib, muzliklar orta borgan. Materiklarning o‘rtacha geografi k
kenglikdagi qismlarida qoplama muzliklar paydo bo‘lgan.
Mezozoy erasidan kaynozoy erasigacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishlari turli xil sutemi-
zuvchilar turlarining yashash joyiga qanday ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin?
Iqlimlarning o‘zgarish sabablari to‘liq
o‘rganilmagan. Iqlim o‘zgarishiga fazo-
dagi va Yerdagi omillar sabab bo‘lishi
mumkin.
Ba’zi olimlar iqlimning geologik davr-
lar davomidagi hududiy o‘zgarishlarini
materiklarning gorizontal harakati bi-
lan bog‘laydi. Masalan, bu gipoteza-
ga ko‘ra, paleozoyda Antarktida bilan
Avstraliya Yevrosiyoga tutashgan va
uning iqlimi hozirgidan boshqacha
bo‘lgan.
1. Joyning relyefi iqlim tarkib topishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
2. Hozirgi iqlim kelajakda yana kuchli o‘zgarishga uchrashi mumkinmi? Fikringizni
asoslang.