68
5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH
Iqlim mintaqalari: 1 – ekvatorial, 2 – subekvatorial, 3 – tropik, 4 – subtropik, 5 – mo‘tadil,
6
A
– subarktika, 6
B
– subantarktika, 7
A
– Arktika, 7
B
– Antarktika.
Yer yuzida iqlim mintaqalari oraliq va asosiy iqlim mintaqalariga bo‘linadi. Asosiy iqlim
mintaqalarida yil bo‘yi bir xil havo massalari hukmronlik qiladi, oraliq iqlim mintaqalarida esa
havo massalari fasllar bo‘yicha o‘zgarib turadi.
Yerning iqlim mintaqalari
Iqlim mintaqalari
Iqlim xususiyatlari
Asosiy iqlim mintaqalari
Ekvatorial
Yil bo‘yi issiq va seryomg‘ir yoz, harorat +24...+26 °C atrofi da saqlanadi.
Shimoliy va janubiy tropik
Yoz issiq, quruq; qish iliq, quruq. Yog‘in kam yog‘adi.
Shimoliy va janubiy mo‘tadil
To‘rtta fasl aniq namoyon bo‘ladi.
Qutbiy (Arktika va Antarktika) Yil bo‘yi sovuq, yog‘in kam yog‘adi. Yer qor va muzlik bilan qoplangan.