28-MAVZU. TIRIK ORGANIZMLARNING TA SIRLANISHI Ayting-chi, qo‘lingiz bexosdan issiq buyumga tegib ketsa, nima qilasiz? Qor ningiz
ochiqsa, albatta, ishtaha bilan ovqatlanishga kirishasiz. Xona o‘simligini deraza
yoniga qo‘ysangiz, o‘simlik novdasi yorug‘lik tomonga burilganini ko‘p ko‘rgansiz. Tirik
organizmlarning ushbu xususiyati nima deb ataladi?
Tirik organizmlar muhit bilan uzviy bog‘liqdir. Muhit sharoitlari doim o‘zgarib turadi
va har qanday tirik organizm bu o‘zgarishlarga nisbatan ma’lum bir harakat bilan javob
beradi. Agar organizmlar bu xususiyatga ega bo‘lmaganida, ular o‘zgargan muhit
sharoitida yashay olmas edi.
Tirik organizmlarning muhit ta’sirlariga javob berish xususiyati ta’sirlanish deb
ataladi. Ta’sirlanish organizmlarning o‘zgaruvchan muhit sharoitlariga moslashuviga
va yashab qolishiga imkon beradi.
Tirik organizmlarga ta’sir etuvchi muhit omillari ta’sirlovchilar deb ataladi.
Odam va hayvonlarda nerv sistemasi va sezgi organlari mavjud. Ular muhit ta’sirlov-
chilarini sezgi organlari bilan qabul qiladi va nerv sistemasi yordamida ta’sirga qo‘zg‘a-
lish va harakatlanish bi-
lan javob beradi. Odam
va hayvonlarning muhit
omillari ta’siriga nisbatan
javob reaksiyalari refl eks deyiladi.
Odam organizmi juda
ko‘p qismlardan iborat
murakkab mexanizmdir.
Uning mukammal ishlashi
uchun har bir organ, har
bir hujayra aniq va bexato
hamda tananing boshqa
Odamning nerv sistemasi ko‘plab kompyuterlar ulangan lokal
tarmoqqa o‘xshaydi. Bu tarmoqda bosh va orqa miya markaziy
kompyuterga, organlar esa markaz tomonidan maxsus simlar
orqali boshqariladigan ko‘plab kompyuterlarga o‘xshaydi.
Ta’sirlovchilar
Namlik
Havo tarkibi
Yorug‘lik
Kimyoviy
moddalar
Tovush
Bosim
Harorat
Bu hodisani qanday izohlaysiz? 1. Atrofi ngizda qanday ta’sirlovchilar mavjud?
2. Ta’sirlovchilarni qaysi organlaringiz orqali
sezasiz?
63
4-bob. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI
organlari bilan o‘zaro muvofi q ravishda ishlashi kerak. Bu
murakkab jarayon odamning nerv sistemasi tomonidan bosh-
qariladi. Odamning nerv sistemasi bosh miya, orqa miya ham-
da ulardan chiqadigan nervlardan iborat. Bosh va orqa miya