• O‘simliklarning ta’sirlanishi.
  • 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    markaziy nerv sistemasi deyiladi. Markaziy nerv sistemasi 
    barcha organlar bilan nervlar orqali tutashgan.
    Sezuvchi nervlar orqali sezgi organlaridan markaziy nerv 
    sistemasiga elektr impulslari ko‘rinishida axborotlar kelib turadi. 
    Bu axborotlar bosh va orqa miyada qayta ishlanadi, ya’ni 
    tahlil qilinadi: oldin olingan axborotlar bilan taqqoslanadi, xoti-
    raga saqlanadi, ko‘rsatma qabul qilinadi. Harakatlantiruvchi 
    nervlar esa bu ko‘rsatmani nerv impulslari tarzida organlar va 
    muskullarga yetkazadi. Natijada mus kullar qisqaradi. Misol 
    uchun, svetoforning qizil chirog‘i yonganini ko‘rganingiz zaho-
    ti miya harakatni to‘xtatish haqida oyoq muskullariga impuls 
    jo‘natadi. Beixtiyor issiq jismga tegib ketsangiz, og‘riqni sezgan 
    zahoti darhol qo‘lingizni tortib olasiz. Xo‘sh, shu qisqa vaqt ichi-
    da nima sodir bo‘ldi? 
    Teridagi sezuvchi nervlar orqali og‘riq haqida markaziy nerv sistemasiga impuls yetka-
    ziladi va shu zahoti qo‘lni tortib olish haqidagi ko‘rsatma harakatlantiruvchi nervlar orqali 
    muskullarga yetib keladi. Natijada muskullar 
    qisqarib, qo‘lingizni issiq jismdan tortib olasiz. Bu 
    organizmning ta’sirotga nisbatan javob reaksiya-
    si, ya’ni refl eksdir. 
    O‘simliklarning ta’sirlanishi. O‘simliklarda 
    sezgi organlari va nerv sistemasi mavjud emas. 
    Shunga qaramay, ular ta’sirlanish xususiyatini 
    namoyon qiladi. Turli ta’sirotlarga javoban o‘simlik 
    organlari (ildiz, poya, barglar) o‘sish yo‘nalishini 
    o‘zgartirishi mumkin. O‘simliklarda ta’sirlanishning 
    bu turi tropizm deyiladi. Masa lan, novda yorug‘lik 
    tomonga o‘sadi. Novdaning bu xususiyati fototro-
    pizm (yunoncha photos – “yorug‘lik”) deyiladi. 
    O‘simliklar hayotida qanday ta’sirlovchilar muhim ahamiyatga ega? Xona o‘simli -
    gini deraza oldiga joylashtiring. O‘n kun davomida o‘simlikda fototropizm hodisasini 
    kuzating. O‘simliklarda nastiya hodisasi haqida ma’lumot izlang. Ma’lumotlaringizni 
    guruhda muhokama qiling. 
    Novdaning fototropizm xususiyatini 
    namoyon qilishi
    Odam organizmidagi barcha 
    nervlar bir-biriga ulab 
    chiqilsa, Yerdan Oygacha 
    boখlgan masofadan 
    toখrt marta uzun boখladi.
    Odam organizmidagi bar
    Bosh miya
    Orqa miya
    Nervlar
    64
    4-bob. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI



    Download 18,41 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish