-MAVZU.  TIRIK ORGANIZMLARDA




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/132
Sana09.12.2023
Hajmi18,41 Mb.
#114589
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132
Bog'liq
2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

26-MAVZU.
 TIRIK ORGANIZMLARDA
OZIQ MODDALAR TRANSPORTI
O‘simlik ildizlari orqali suv qanday qilib poya va barglarga yetkaziladi? 
Tirik organizmlarda suv va moddalar transport 
sistemasi orqali kerakli qismga yetkazib beriladi. 
O‘simliklar ildizlari orqali tuproqdan suv va mine-
ral moddalarni shimib oladi. Tuproqdan ildiz tukcha-
lariga o‘tgan suv va mineral tuzlar o‘simlikning trans-
port sistemasi, ya’ni o‘tkazuvchi to‘qima hujayralari 
orqali o‘simlikning barcha organlariga yetkaziladi.
Poyada transport vazifasini ksilema va fl oema 
amalga oshiradi. Ksilemaning o‘tkazuvchi nay hu-
jayralari orqali ildizdan o‘simlikning barcha organlari-
ga suv va mineral moddalar yetkazib beriladi.
Floemaning elaksimon nay hujayralari orqali 
barg larda hosil bo‘lgan organik moddalar o‘sim lik-
ning barcha organlariga yetkaziladi. 
Poyadan bargga ko‘tarilgan suv barg og‘izchalari 
orqali bug‘latiladi. O‘simlik bargining suv bug‘latishi
transpiratsiya deyiladi. Transpiratsiya tufayli suv 
doimiy ravishda tuproqdan ildizga, undan esa poya 
va barglarga o‘tadi. 
Suv va 
minerallar-
ning ksilema 
orqali 
harakat 
yo‘nalishi
Organik 
moddalarning 
fl oema orqali 
harakat 
yo‘nalishi
Barg 
Barg 
tomiri 
Poya 
Ksilema 
Ksilema 
Suv osmos yo li bilan 
tuproqdan ildizga o tadi
Poyaning ksilemasi orqali suv 
yuqoriga ko tariladi
Suv ildizdan barglarga 
uzluksiz ko tariladi
Barg og izchalari
orqali suv bug lanadi
Suv barg eti 
hujayralari-
dan tashqari-
ga chiqadi
Suv barg tomirlaridan barg
eti hujayralariga o tadi
Bu esa o z navbatida suvni 
barg tomirlariga tortadi
Suv
Suv
Suv
Suv osmos yo li bilan ksilemaga o tadi
59
4-bob. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI


Odam organizmida mod-
dalar transportini qon ayla-
nish sistemasi ta’minlaydi. 
Qon aylanish sistemasi 
yurak va qontomirlardan 
iborat. Odam yuragi to‘rt 
kamerali: ikkita qorincha va 
ikkita bo‘lmachadan iborat. 
Yurakdan qon olib ketuv-
chi qontomirlar arteriya 
tomirlari, yurakka qon olib 
keluvchi qontomirlar vena 
tomirlari deb ataladi. 
Odamda katta va kichik 
qon aylanish doirasi mav-
jud. Katta qon aylanish 
doirasi barcha organlarni kislorod va oziq bilan ta’minlaydi. Kichik qon aylanish doirasi 
o‘pkalarga karbonat angidridni olib borib, ulardan kislorodni yurakka olib keladi. 
O‘pka va organlardagi kapillyarlarda gazlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Gazlar almashinuvi 
diff uziya hodisasiga ko‘ra amalga oshadi.
Ko‘pchilik hayvonlarda ham qon aylanish sistemasi rivojlangan. Sutemizuvchi 
va qushlarning qon aylanish sistemasi odamniki kabi tuzilgan. Amfi biyalar va sudralib 
yuruvchilarning yuragi uch kamerali, baliqlarning yuragi esa ikki kamerali bo‘ladi. 
Odam yuragining qanday ishlashini pulsni sanash orqali tekshirish mumkin. Puls yurak 
qisqarganda undagi qontomirlarning tebranishidan hosil bo‘ladi. Yurak minutiga necha 
marta qisqarsa, puls soni ham shuncha bo‘ladi. Odam jismoniy mashq bilan shug‘ullangan-
da nafas olishi va yurak urishi tezlashadi. Pulsni qo‘l kaftining ichki yuzasida barmoq orqali 
o‘lchash mumkin.

Download 18,41 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish