A M A L I Y M A S H G U L O T
24-MAVZU.
RATSIONAL OVQATLANISH,
KUNLIK OVQAT RATSIONINI TUZISH
Maqsad: sog‘lom ovqatlanishni o‘rganish, sutkalik ovqat ratsionini tuzish.
Odamning ovqat hazm qilish sistemasi faoliyatini qanday yaxshilash mumkin?
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸
rangli qalamlar
▸
oq qog‘oz
1.
1-jadval asosida o‘quvchining o‘rtacha sutkalik oqsil, yog‘, ugle vod ga
bo‘lgan talabi va sarfl aydigan kaloriyasi miqdorini o‘rganing.
2.
2-jadval asosida o‘quvchining o‘rtacha sutkalik oziq-ovqat mahsulotlariga
talabini o‘rganing.
3.
3-jadval asosida oqsil, yog‘, uglevodga boy oziq-ovqat mahsulotlarini
o‘rganing.
4.
Ratsional ovqatlanish qoidalarini o‘rganing.
5.
Jadvallarda berilgan ma’lumotlardan foydalanib hamda ratsional
ovqatlanish qoidalariga asoslanib sutkalik ovqat ratsionini tuzing.
1-jadval
O‘quvchining o‘rtacha sutkalik kaloriya, oqsil, yog‘, uglevodga ehtiyoji
Oziq
moddalar
Foizi
7–10 yosh
11–13 yosh
14–17 yosh
O‘g‘il va
qiz bola
O‘g‘il bola
Qiz bola
O‘g‘il bola
Qiz bola
Oqsil (g)
16–25%
46–77
55–90
50–82
80–98
55–90
Yog‘ (g)
16–25%
79
92
84
100
90
Uglevod (g)
50–60%
335
390
355
425
360
Kaloriya (kkal)
2350
2500
2350
3000
2600
2-jadval
O‘quvchining o‘rtacha sutkalik oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoji
Oziq mahsuloti nomi
11–13 yosh
14–17 yosh
O‘g‘il bola
Qiz bola
O‘g‘il bola
Qiz bola
Non
150 g
140 g
250 g
200 g
Shakar
60 g
50 g
80 g
65 g
Tuxum
1 dona
1 dona
1 dona
1 dona
Tvorog (suzma)
40 g
40 g
60 g
45 g
Qaymoq
10 g
10 g
20 g
15 g
Pishloq
10 g
10 g
20 g
15 g
Sariyog‘
30 g
25 g
40 g
35 g
Go‘sht
170 g
150 g
220 g
200 g
Sabzavot
300 g
250 g
350 g
320 g
Mevalar
200 g
150 g
300 g
250 g
Kartoshka
250 g
200 g
300 g
250 g
Makaron
50 g
50 g
60 g
50 g
55
4-bob. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI
3-jadval
Oziq-ovqat mahsulotlari
Oqsilga boy mahsulotlar
Qo‘y, mol va tovuq go‘shti, baliq, tuxum, tvorog, pishloq,
no‘xat, loviya
Yog‘ga boy mahsulotlar
Qaymoq, sariyog‘, o‘simlik va hayvon yog‘lari
Uglevodga boy mahsulotlar
Kartoshka, bug‘doy, non, un mahsulotlari, meva, asal
Vitamin va minerallar
Sabzavot va mevalar
Ratsional ovqatlanish – jins, yosh va faoliyat turiga qarab energiya va oziq moddalar
miqdori jihatidan muvozanatli ovqatlanishdir.
Ratsional ovqatlanish qoidalari
1. Organizmda bir sutkalik ovqatdan hosil
bo‘ladigan energiya miqdori sarfl anadigan
ener giya miqdoriga teng bo‘lishi kerak.
2. Bir sutkalik ovqat tarkibida-
gi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar,
mineral tuzlar, suv, vitaminlarning
miqdori odam organizmining shu
moddalarga bo‘lgan ehtiyojiga mos
kelishi kerak.
3. Ovqatlanish rejimiga rioya qilish, ya’ni bir sutkalik
ovqat miqdori to‘rt qismga bo‘lingan holda iste’mol qilinishi kerak. Masalan, o‘quvchining
ovqatlanish rejimi quyidagicha tashkil etilishi mumkin:
nonushta – sutkalik ovqat kaloriyasining 25–30% ini tashkil etadi;
tushlik – sutkalik ovqat kaloriyasining 35–40% ini tashkil etishi kerak;
kechki ovqat – sutkalik ovqat kaloriyasining 15–20% ini tashkil etishi kerak;
qo‘shimcha ovqatlanish – sutkalik ovqatning 10–15% ini tashkil etadi, ya’ni maktabda
tanaff us vaqtida ovqatlanish.
Ratsional (lotincha “oqilona”) ovqatlanish sog‘lom turmush tarzining eng muhim omili
hisoblanadi. Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish sog‘lom va normal rivojlanishga yordam
beradi.
1. Oqsil va uglevodga boy mahsulotlarni ayting.
2. Ratsional ovqatlanishning qanday ahamiyati bor?
3. Nima uchun ovqatlanish rejimiga rioya qilish kerak?
4. Ovqat zararli bo‘lishi mumkinmi? Nima uchun?
56
4-bob. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI
|