Oʻsimlik yoki boshqa hayvon tanasida yashaydigan va ularning hisobiga oziqlanadigan
hayvonlar
parazitlar deyiladi.
Yirtqichlar boshqa hayvonlardan oziq-ovqat sifatida foydalanadi.
Yirtqich hayvonlar
sayyoramiz uchun juda muhimdir. Ular ko‘pincha zaif, kasal, qari hayvonlarni ovlaydi.
Yirtqichlardan faqat sog‘lom, baquvvat hayvonlar qutulib
qoladi va bu hayvonlar
kuchli va sog‘lom nasl beradi. Yirtqich
hayvonlar tabiatni kasal,
nimjon hayvonlardan
tozalaydi, kasallik tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shuning uchun ular “tabiat sanitarlari” deb
ataladi. Sirtlon, shoqol, tasqara kabi ayrim yirtqich hayvonlar o‘zi ov qilmaydi, ular boshqa
yirtqichlardan qolgan o‘lja qoldiqlarini iste’mol qiladi.
Tabiatda nobud bo‘lgan o‘simlik, hayvon qoldiqlari bilan
oziqlanuvchi hayvonlar ham
bor. Ular o‘lgan organizmlar bilan oziqlanib, tabiatni qoldiqlardan tozalash vazifasini bajaradi.
Barcha zamburug‘lar geterotrof organizmlardir. Zamburug‘lar organizmlarning qoldig‘i
bilan oziqlanadi. Ayrim zamburug‘lar odam, hayvon, oʻsimlik
tanasida parazit hayot
kechiradi.
Tirik organizmlarni oziqlanish tiplariga ko‘ra sistemaga soling. Ma’lumotni
klaster
yoki sxema tarzida taqdim eting.
Qalpoqchali
zamburug‘
Penitsill
zamburug‘i
Mog‘or
zamburug‘i
Zuluk
Odam
askaridasi
Burga
Kasatka
Xonqizi
Ninachi
Tasqara
Yomg ir
chuvalchangi
Zahkash
O laksa qo ng iz
Ko poyoq
Silovsin
O rgimchak
Kana
52
4-bob. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI