2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/132
Sana09.12.2023
Hajmi18,41 Mb.
#114589
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132
Bog'liq
2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

-
TIRIK 
ORGANIZMLARNING 
TUZILISHI
4
4
5
2
2
1
1
1
3
3
3
Amyobaning oziqlanishi
Amyobaning nafas olishi
Amyobaning ko‘payishi
Bir hujayrali organizmlarda oziqla-
nish, nafas olish, ayirish va bosh-
qa hayotiy jarayonlar bitta hu-
jayrada sodir bo‘ladi. 
O‘simlik 
hujayrasi
Hayvon
hujayrasi
Zamburug‘ hujayrasi
1 – hujayra qobig‘i;
2 – yadro;
3 – sitoplazma;
4 – vakuola;
5 – xloroplast.
Kislorod
Karbonat
angidrid


Har bir hujayra organizmda ma’lum funksiyani 
bajaradi. Masalan, epidermis o‘simlik organlarini hi-
moya qiladi, o‘tkazuvchi nay hujayralari bo‘ylab suv 
transporti amalga oshadi. Skelet muskullari hayvon 
va odamlarning harakatini ta’minlaydi, suyak hu-
jayralari tayanch funksiyasini bajaradi. 
Ko‘p hujayrali organizmlarda tuzilishi, kelib chiqi-
shi va bajaradigan vazifasi bir xil bo‘lgan hujayralar 
va hujayralararo moddalar birlashib to‘qimalarni hosil 
qiladi. To‘qimalarni tashkil etuvchi hujayralar bir-biri 
bilan chambarchas bog‘liq holda birgalikda o‘z funk-
siyalarini bajaradi. 
To‘qimalar o‘z navbatida funksional jihatdan 
bog‘liq holda organlar va organlar sistemalarini ho-
sil qiladi. Barg, poya, kurtak, asosiy ildiz, yonildizlar 
o‘simlik organlaridir. 
O‘simlikning barcha ildizlari ildiz sistemasini, barg, poya, kurtak kabi organlar esa birga-
likda novda sistemasini hosil qiladi. 
Novda va ildiz sistemalarining funksiyalari bir-biri bilan bog‘liq holda yaxlit organizm – 
o‘simlik hayotiy jarayonlarida namoyon bo‘ladi.
Hayvon organlari va organlar sistemalari ham o‘zaro bog‘liq. 
O‘pka va jabralar nafas olish, oshqozon, ichak, jigar esa ovqat hazm qilish organlaridir. 
Hayvon organizmida nafas olish jarayonini ta’minlovchi organlar birgalikda nafas olish siste-
masini, hazm jarayonini ta’minlovchi organlar hazm qilish sistemasini hosil qiladi. 

Download 18,41 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   132




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish