Tirik organizmlarning xususiyatlari
Hujayraviy tuzilish. Barcha tirik organizmlar
hujayradan tuzil-
gan. Hujayra tiriklikning tuzilishi, funksional birligi hisoblanadi.
Moddalar almashinuvi. Tirik orga-
nizmlar tashqi muhitdan o‘zi uchun zarur
moddalarni qabul qiladi.
Bu moddalar
parchalanadi, hujayrada boshqa mod-
dalarga aylantiriladi.
Bu jarayonlarda hosil
bo‘ladigan organizm uchun keraksiz qoldiq
moddalar tashqi muhitga ajratiladi.
Oziqlanish. Har bir tirik organizm
harakatlanish, oʻsish va rivojlanish uchun
oziqlanishi kerak. Oziq tarkibidagi organik
va mineral moddalar organizmni energiya
va qurilish materiallari bilan ta’minlaydi.
Nafas olish. Oziqlanish jarayonida oziq sifatida qa-
bul qilingan moddalarning bir qismi hujayralarda parcha-
lanadi, natijada energiya ajraladi. Ko‘pchilik
organizmlar mod-
dalarni parchalash uchun kisloroddan foydalanadi.
O‘sish. Ko‘p hujayrali organizmlarning hujayralari
bo‘linib, ko‘payish hisobiga o‘sadi. Masalan,
urug‘dan unib chiqqan yosh nihol o‘sib,
katta
daraxtga aylanadi. Odam va hayvonlar ham o‘sadi.
Rivojlanish. Organizmning o‘sishi rivojlanish bilan boradi.
Rivojlanish jarayonida organizmlarda yangi belgilar va xu-
susiyatlar paydo bo‘ladi. Masalan,
qurt rivojlanib kapalakka,
itbaliq esa voyaga yetgan baqaga aylanadi.
Ta’sirlanish. Har bir tirik organizm turli ta’sirlarga
nisbatan javob beradi. Masalan, o‘simlik gullari
quyosh chiqqanda ochiladi va botganda yopiladi
yoki
issiq jismga tegib ketsak, qo‘limizni tortib
olamiz.
Ko‘payish. Tirik organizmlar
jinssiz va jinsiy usulda ko‘payadi.
Ko‘payish orqali tirik organizmlar o‘z belgi va
xususiyatlarini nasldan naslga o‘tka zadi.
O‘simlik, zamburug‘, hayvon hujayralarining o‘xshash va farqli jihatlarini muhokama
qiling. Tirik organizmlarga xos xususiyatlarni ayting.
la
bo
di.
alari
49
4-bob. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI