• Sistematik guruhlar
  • 21-MAVZU. TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI
  • BOB YUZASIDAN MANTIQIY FIKRLASHGA




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    BOB YUZASIDAN MANTIQIY FIKRLASHGA 
    YO NALTIRILGAN TOPSHIRIQLAR
    1. O‘simlik va hayvonlarning o‘xshash va farqli 
    jihatlarini aniqlab, sxemada ifodalang.
    2. Madina va Sarvar gerbariy uchun o‘sim-
    lik namunalarini tayyorladi. O‘simlik namunasi 
    uchun o‘simliklar sistematikasiga mos ravishda “pasport” tayyorlashga yordam bering.
    Sistematik guruhlar: 
    1) karamdoshlar; 2) jag‘-jag‘; 3) oddiy jag‘-jag‘; 4) yopiq urug‘lilar; 
    5) ikki urug‘pallalilar.
    Jadvalning o‘ng ustuniga mos ravishda tegishli raqamlarni joylashtiring.
    Bo‘lim
    Sinf
    Oila
    Turkum
    Tur
    3. Kelib chiqishi jihatidan “ortiqcha” hayvonni aniqlang.
    4. Hayvonlar va ular mansub bo‘lgan sistematik guruhlar o‘rtasidagi muvofi qlikni aniqlang. 
    Bo‘shliqichlilar
    Chuvalchanglar
    Mollyuskalar
    Bo‘g‘imoyoqlilar
    Xordalilar
    5. Qo‘shimcha manbalardan foydalanib biror o‘simlik va hayvon turining sistema-
    tikadagi o‘rnini aniqlang. Olgan ma’lumotlaringizni daftaringizda sxema yoki jadval 
    ko‘rinishida ifoda eting.
    Ildizog‘iz meduza 
    Tibbiyot zulugi
    Tok shillig‘i
    Suvilon
    Ko‘l baqasi
    Butli o‘rgimchak
    May qo‘ng‘izi


    47
    3-bob. TIRIK ORGANIZMLAR XILMAXILLIGI
    21-MAVZU. 
    TIRIK ORGANIZMLARNING TUZILISHI
    Hujayra, to‘qima, organ, organlar sistemasi nima? Tirik organizmlarda qanday 
    jarayonlar sodir bo‘ladi?
    Tirik organizmlar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, 
    ular tuzilish jihatdan o‘xshash. Barcha tirik organizm-
    lar hujayralardan tuzilgan. 
    Hujayra – barcha tirik organizmlarning tuzilish 
    birligi. 
    Tirik organizmlar tuzilishiga ko‘ra bir va ko‘p hu-
    jayrali bo‘ladi. Bakteriyalar, oddiy amyoba, tufelka 
    infuzoriyasi, xlorella, achitqi zamburug‘i bir hujayrali 
    organizmlarga misol bo‘ladi. O‘simlik va hayvonlar 
    ko‘p hujayrali organizmlardir. 
    Ko‘p hujayrali organizmlar turli funksiyalarni baja-
    ruvchi hujayralardan tashkil topadi. 
    O‘simlik, zamburug‘, hayvon, odam hujayralari 
    o‘xshash tuzilgan bo‘lib, hujayra qobig‘i, sitoplazma 
    va yadrodan iborat.
    4
    b o b

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish