• AVTOTROFLAR GETEROTROFLAR
  • Yashil oʻsimliklarning oziqlanishi Fotosintez.
  • -MAVZU.  TIRIK ORGANIZMLARNING




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    22-MAVZU. 
    TIRIK ORGANIZMLARNING 
    OZIQLANISHI
    Tirik organizmlar hayot uchun zarur moddalar va energiyani qanday oʻzlashtiradi?
    Tirik organizmlar hayoti davomida oʻsadi, rivoj-
    lanadi, harakatlanadi, koʻpayadi. Bu jarayonlar 
    koʻp energiya talab qiladi. Tirik organizmlar energi-
    yani har kuni iste’mol qiladigan oziq-ovqatlaridan 
    oladi. Demak, har bir tirik organizm kundalik xatti- 
    harakatlarni bajarishi, oʻsishi va rivojlanishi uchun 
    oziqlanishi kerak. 
    Oziq tarkibidagi kimyoviy moddalar – oqsil, yog‘, uglevodlar hujayra, toʻqima va or-
    ganlarning qurilishi uchun zarur. Biz iste’mol qiladigan ovqat tarkibidagi oqsil, yog‘,
    uglevodlar parchalanganda energiya ajraladi. Oziq moddalardan olinadigan energiya 
    esa tanadagi hayotiy jarayonlarni amalga oshirish uchun sarfl anadi. Bu energiya yordamida 
    biz harakat qilamiz, tana haroratini bir me’yorda saqlab turamiz. 
    Tirik organizmlar oziqlanish usuliga koʻra ikki guruhga boʻlinadi:
    AVTOTROFLAR
    GETEROTROFLAR
    Suv, karbonat ang dr d, 
    m neral tuzlardan orga-
    n k b r kma (uglevod, 
    oqs l, yog‘)larn hos l q la 
    olad gan organ zmlar. Av-
    totrofl arga yash l oʻs m-
    l klar, suvoʻtlar, s anobak-
    ter yalar kab fotos ntez 
    q luvch organ zmlar m -
    sol boʻlad . Fotos ntez 
    q luvch organ zmlar hu-
    jayralar da yorug‘l kn qa-
    bul q la olad gan xlorof ll 
    p gment mavjud.
    Hayoti uchun zarur boʻlgan ug-
    levod, oqsil, yog‘larni hosil qi-
    lish uchun boshqa organizmlar 
    tomo nidan ishlab chiqariladigan 
    organik moddalardan foydalanuv-
    chi organizmlar. Ular anorganik 
    moddalardan organik birikmalarni 
    hosil qila olmaydi. Geterotrofl ar-
    ga odamlar, barcha hayvonlar, 
    zamburug‘lar, parazit oʻsimliklar, 
    parazit bakteriyalar misol boʻladi.
    Yashil oʻsimliklarning oziqlanishi 
    Fotosintez. 
    Oʻsimliklar fotosintez jarayonida yorug‘lik nuridan foydalanib, havodan oʻzlashtirilgan 
    karbonat angidrid va tuproqdan oʻzlashtirilgan suv ishtirokida uglevodlar hosil qiladi.

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish