Odamlarda nafas olish organlari orga-
nizmga kislorodni yetkazib berish va kar-
bonat angidridni organizmdan chiqarib
yuborish funksiyasini bajaradi.
Odamning
nafas olish sistemasi
nafas olish yo‘llari (burun bo‘shlig‘i,
halqum, traxeya, bronxlar) va o‘pka-
lardan iborat. Odam nafas olganda
ko‘krak qafasi kengayadi va kislorodga
boy havo burun bo‘shlig‘i, halqum, tra-
xeya orqali bronxlarga, ulardan esa o‘pka-
larga o‘tadi. Nafas chiqarganda ko‘krak
qafasi torayadi
va karbonat angidridga
to‘yingan havo o‘pkalardan tashqi muhitga
chiqariladi.
Odam ko‘p to‘planadigan xonada nafas olish qiyin, chunki havoda kislorod kam bo‘la-
di. Shuning uchun xonalarni tez-tez shamollatishni unutmang. Uxlashdan oldin yotoqxona
derazalarini oching. Toza havoda uxlash salomatlik uchun foydalidir. Ochiq havoda, ya’ni
o‘rmon, dala, o‘tloq, bog‘larda ko‘proq sayr qiling. Havoda har doim chang bo‘ladi. Bemor-
lar gapirganda, yo‘talganda va aksirganda havoga ko‘plab mikroblar chiqadi. Inson yutgan
chang yo‘talni keltirib chiqaradi, mikroblar kasallikka olib kelishi mumkin.