• Iqlim o‘zgarishining inson salomatligiga ta’siri
  • Abiotik qism Iqlim omillari Tuproq O‘simliklar Hayvonlar Mikroorganizmlar Biotik qism
  • Iqlim o‘zgarishining inson




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    Iqlim o‘zgarishining inson
    xo‘jalik faoliyatiga ta’siri
    Iqlim o‘zgarishi natijasida qishloq 
    xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar 
    yaroqsiz holatga kelishi, ekinlar ziyon 
    ko‘rishi, chorva mollariga zarar yetishi kabi holatlar uchraydi. 
    Sanoatda esa energiya olish, ishlab chiqarish, ta-
    biiy resurslardan foydalanadigan tarmoqlarga ta’sir 
    ko‘rsatadi. 
    Iqlim o‘zgarishining inson salomatligiga ta’siri
    Iqlim o‘zgarishi nafaqat tabiatga, balki inson salo-
    matligiga ham salbiy ta’sir qiladi. Yurak-qonto mir 
    sistemasi kasalliklari, masalan, qon bosimining ko‘ta-
    ri lishi iqlim o‘zgarishi bilan bevosita bog‘liq.
    Iqlim o‘zgarishi natijasidagi global isishni qanday to‘xtatish mumkin deb o‘ylaysiz?
    Iqlim o‘zgarishidan keladigan talafotlarni kamaytirishda sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi 
    va boshqa ko‘plab sohalarda rejali ishlar olib borilishi lozim. Shu bilan birga, atmosferaga 
    chiqayotgan zararli moddalar miqdorini cheklash hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish-
    da atmosfera uchun zararsiz energiya manbalari (suv, shamol, quyosh va h.k.)dan tejam-
    korlik bilan foydalanish kerak.
    Siz o‘zingizni issiqlikdan qanday himoya qilasiz?
    1. Yashash hududingizda iqlim o‘zgarishi inson salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsati-
    shi mumkin?
    2. Siz iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun qanday taklif bera olasiz? 


    73
    5-bob. EKOLOGIYA VA BARQAROR RIVOJLANISH
    Abiotik qism
    Iqlim omillari
    Tuproq
    O‘simliklar
    Hayvonlar
    Mikroorganizmlar
    Biotik qism
    Ekosistemani nomlang. Ekosistemaning 
    ekotop va biotsenoz qismlari ro‘yxatini tuzing.
    33-MAVZU.
     EKOSISTEMALARDAGI
    O ZARO MUNOSABATLAR
    Tirik organizmlar va tashqi muhit omillari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday 
    amalga oshadi? 
    Tirik organizmlar va atrof-muhit bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
    bo‘lib, ekosistemalarni hosil qiladi. Ekosistema ikkita 
    tarkibiy qism – muhit omillari (ekotop) va har xil populyat-
    siyalar (biotsenoz)ga mansub 
    organizmlar yig‘indisidan tash-
    kil topgan. Ekosistemaning 
    tarkibiy qismlari doim bir-bi-
    riga ta’sir ko‘rsatadi. Barcha 
    xususiyatlari bilan bir-biriga 
    o‘xshash organizmlar – in-
    dividlar yig‘indisi popul-

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish