81
6-bob. QUYOSH SISTEMASI VA KOINOT
Yevropalik
olimlardan Niko-
lay Kopernik, Jordano Bruno,
Galileo Galiley, Iogan Kep lerlar
osmon jismlarini o‘rganib, o‘z
asarlarida ko‘plab ma’lumotlar
qoldirgan.
Quyosh
Yerga eng yaqin
yulduz ekan ligini bilasiz.
Quyoshdan Yergacha bo‘lgan masofa taxminan 150
mln km. Inson sutkasiga 30 km dan yo‘l bossa, 13 000
yildan keyin; soatiga 100 km tezlikda yuradigan poyezd
to‘xtovsiz harakatlansa, 160 yildan keyin; soatiga 500 km
tezlikda uchadigan samolyot 36 yildan keyin; Yerda turib
gapirgan odamning ovozi 14 yildan keyin; kosmik kema
esa 5 oyda Quyoshga yetib borishi mumkin.
Yer Quyosh atrofi da o‘rtacha 29,8 km/sekund tez lik
bilan soat miliga teskari yo‘nalishda
harakat
qiladi. Uning orbitasi (Quyosh atrofi da aylanish yo‘li) ellips shaklda. Quyosh
Yerdagi asosiy yorug‘lik va issiqlik manbai hisoblanadi. Quyosh sariq mitti
yulduzlar sinfi ga kiradi. U asosan vodorod va geliydan iborat, o‘ta qizigan,
o‘zidan yorug‘lik tarqatib turadigan gazsimon shardir.
Sayyoralar
bir-biridan katta-kichikligi, xususiyatlari va tabiatiga ko‘ra
farq qiladi. Quyosh sistemasidagi sayyoralar ikki guruhga ajratiladi:
kichik sayyoralar va
ulkan (katta) sayyoralar.
Kichik sayyoralarga Merkuriy, Venera, Yer va Mars kiradi. Bu
guruh sayyoralarining hajmi nisbatan kichik, tabiiy yo‘ldoshlari
yo‘q yoki kam bo‘ladi.
Katta sayyoralarga Yupiter, Saturn, Uran va Neptun kiradi. Bu
sayyoralar kattaligi va tabiiy yo‘ldoshlari ko‘pligi bilan ajralib turadi.
Quyosh atrofi da aylanadigan sayyoralardan tashqari, mitti
sayyoralar ham mavjud. Bu mitti sayyoralar
asteroidlar deb
ataladi. Ular ma’lum bir shaklga ega bo‘lmagan, qirrali, qattiq jism-
lardir. Hozir olimlar 50 mingdan ortiq asteroid bor deb taxmin qiladi. Mars bilan Yupiter
sayyora lari orasida asteroidlar mintaqasi mavjud. Asteroidlar ham sayyoralar kabi
Quyosh atrofi da orbita bo‘ylab harakat qiladi.
Kometa
Kometalarning yorqin ko‘rinib turadigan boshi va tobora xiralashib boruv-
chi bitta yoki bir nechta dumi bo‘ladi. Boshining o‘rta qismida qattiq jism-
dan, ba’zan muz parchasidan iborat yadrosi bo‘lib, qolgan qismi asosan
siyrak gaz va kosmik zarralardan iborat bo‘ladi.
Kometalar barcha
sayyoralar
singari sovuq jismdir, o‘zidan
nur sochmaydi;
quyosh
nurlari kometada aks etib qaytishi natijasidagina biz ularni ko‘ra
olamiz. Kometalar
dumli yulduzlar deb ham ataladi.
1. Quyosh nega sayyora emas?
2. Asteroid va kometalar Yer sayyorasiga qanday xavf solishi mumkin?
150 mln km
Nikolay
Kopernik
Jordano
Bruno
Galileo
Galiley
Iogan
Kep ler
Mars bilan Yupiter
Mars bilan Yupiter
ayyoralar kabi
ib
i b
bor
or
uv
uv-
q
q jis
s
m
m-
os
san
n
h
h
a
a