93
7-bob. GEOGRAFIK XARITALAR
Agar mavzuli xaritalarda bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha komponentlar tasvirlan-
gan bo‘lsa, bunday xaritalar
kompleks xaritalar deb ataladi.
Foydalanish maqsadiga ko‘ra, o‘quv, ilmiy, harbiy, sayyohlik xaritalar kabi turlarga
bo‘lish mumkin.
Har bir geografi k xarita ma’lum bir mavzuni yoki bir nechta mavzularni aks ettiradi. Aytay-
lik, dunyoning tabiiy xaritasi yordamida quruqlik va okeanlar relyefi haqida yoki dunyoning
siyosiy xaritasi yordamida esa jahon davlatlarining geografi k o‘rni va chegaralari haqida
ma’lumot olish mumkin. Demak, geografi k bilimlarimizni boyitib borish uchun bizga ko‘plab
turli mavzu va mazmundagi xaritalar zarur bo‘ladi.
1. Xaritalardan to‘g‘ri foydalanish uchun nimalarni bilish lozim?
2. Umumgeografi k va mavzuli xaritalarning farqi nimada?