94
7-bob. GEOGRAFIK XARITALAR
A M A L I Y M A S H G U L O T
42-MAVZU.
MASSHTABLAR BILAN ISHLASH
Xaritaning masshtabini tanlashda nimani hisobga olish kerak?
Barcha geografi k xaritalar ma’lum bir masshtab asosida tuziladi. Xaritaning masshtabi
uning pastki qismida ko‘rsatiladi.
Avstraliyaning tabiiy xaritasida ko‘rish
mumkinki, uning pastki chap burchagida xarita
masshtabi tasvirlangan. Bu yerda 1:50 000 000
ushbu xaritaning sonli masshtabi bo‘lib,
xaritadagi 1 cm masofa yer yuzidagi 50 000 000 cm masofaga teng ekanini anglatadi.
Foydalanish qulay bo‘lishi uchun xaritada
nomli masshtab ham ifodalanadi.
Ushbu
xaritada u 1 cm da 500 km deb ko‘rsatilgan. Ya’ni xaritadagi har 1 cm masofa 500 km
masofaga teng.
Bundan tashqari,
chiziqli masshtab ham bo‘lib, undan foydalanish qulay.
Aytaylik, xarita orqali ikki shahar orasidagi masofani aniqlash kerak bo‘lsin. Buning
uchun chizg‘ich yordamida xaritadan ushbu shaharlar orasidagi
masofa necha cm ga
tengligi aniqlanadi. Masalan, yuqoridagi xaritada shaharlar orasidagi masofa 5 cm ga
teng deylik. Ular orasidagi haqiqiy masofani topish xaritaning
nomli masshtabidan foy-
dalanib quyidagicha bajariladi:
5
· 500 km = 2500 km.
Demak, shaharlar orasidagi haqiqiy masofa 2500 km ga teng ekan.
BALANDLIK SHKALASI METRLARDA
chuqur 0 200 500 1000 2000 3000 5000 baland
neft
temir rudalari
nikel rudalari
alyuminiy rudalari
mis rudalari
oltin
toshko‘mir
uran rudalari
tabiiy gaz
polimetall rudalari
titan rudalari
qo‘ng‘ir ko‘mir
qalay rudalari
volfram rudalari