2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/132
Sana09.12.2023
Hajmi18,41 Mb.
#114589
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132
Bog'liq
2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

Geografi k kenglik deb ekvatordan berilgan nuqtagacha bo‘lgan meridian yoyining 
daraja hisobidagi kattaligiga aytiladi.
Geografi k uzoqlik deb Bosh meridiandan berilgan nuqtagacha bo‘lgan parallel yoyining 
daraja hisobidagi uzunligiga aytiladi.
Geografi k xaritalarda geografi k kenglik darajalari 
xaritalarning chap va o‘ng chekkasidagi ramka-
si (chiziqlar) yoniga, geografi k uzoqliklar darajalari 
xaritalarning yuqori va pastki chekkasidagi meridian 
chiziqlar yoniga yozib qo‘yiladi.
Geografi k koordinatalarni qanday aniqlash mumkin?
g
di. 
ll ll
Geografi k kenglik parallellar 
yordamida aniqlanadi. Geografi k 
uzoqlik esa meridianlar yordami-
da aniqlanadi. Yer yuzasidagi har 
qanday nuqtaning geografi k keng-
ligi va geografi k uzoqligi uning 
geografi k koordinatasi deyiladi.
Bosh meridian
Ekvator
Parallellar
Meridianlar
Shimoliy
qutb
Janubiy 
qutb
60º
40º
20º

20º 40º
60º
80º
20º
40º
60º
20º
40º
60º
80º


97
7-bob. GEOGRAFIK XARITALAR
1. Birinchi bo‘lib nuqtaning shimoliy yoki janubiy kenglikda joylashganligi aniqlab 
olinadi. Masalan, bizga shimoliy kenglikda joylashgan A nuqta berilgan.
2. Nuqtaning shimol va janubidan o‘tuvchi parallellarning qiymatlari aniqlanadi. 
A nuqtaning shimolidan o‘tgan parallelning qiymati 30°, janubidan o‘tgan parallelning 
qiymati 20° ga teng.
3. Parallellarning orasi necha cm ekanligi o‘lchanadi. Bunda ikki parallel ora-
lig‘ini o‘lchash uchun chizilgan to‘g‘ri chiziq nuqtaning ustidan o‘tishi kerak. Masalan, 
A nuqtaning shimolidan va janubidan o‘tgan parallellarning oralig‘i 4 cm ga teng.
4. Qiymati kichik bo‘lgan paralleldan nuqtagacha bo‘lgan masofa necha cm ekanligi 
o‘lchanadi. Bizning misolda nuqtaning janubidan o‘tgan 20° paralleldan A nuqtagacha 
bo‘lgan masofa 1,6 cm ga teng.
5. So‘ngra qiymati kichik bo‘lgan paralleldan nuqtagacha bo‘lgan kenglik necha 
daraja ekani aniqlanadi. Bizning misolda 20° paralleldan A nuqtagacha bo‘lgan kenglik 
aniqlanadi. Bu qiymat quyidagicha aniqlanadi:
4 cm – 10° 
1,6 cm – x
6. So‘ngra topilgan javob qiymati kichik bo‘lgan parallelning qiymatiga qo‘shiladi. 
Demak, A nuqtaning kengligi 24° shimoliy kenglik.
Buning uchun avval berilgan nuqtaning geografi k keng-
ligini topib olish kerak. Geografi k kenglik 0⁰ dan 90⁰ ga-
cha o‘lchanadi. Ekvator chizig‘i 0⁰, qutblar kengligi 
esa 90⁰ deb qabul qilingan. Nuqtaning kengligini 
aniqlash uchun uni qaysi parallelda joylashgani-
ni topish kerak. Masalan, Toshkent shahri 41⁰ pa-
rallelda joylashgan. Agar nuqta ekvatordan shimol-
da joylashgan bo‘lsa, shimoliy kenglik, janubda 
joylashgan bo‘lsa, janubiy kenglik deb ataladi.
Nuqtaning koordinatasini aniqlash uchun uning kengligini topishning o‘zi yetarli emas. 
Sababi har bir parallelda ko‘plab nuqtalar bor. Shuning uchun nuqtaning geografi k uzoqli-
gini ham aniqlash kerak. Geografi k 
uzoqlik Bosh meridiandan 
parallellar bo‘ylab sharq va 
g‘arb tomonlarga daraja hi-
sobidagi birlikda 0⁰ dan 180⁰ 
gacha hisoblanadi. Bosh me-
ridian 0⁰ deb qabul qilingan 
bo‘lib, undan g‘arbda joylash-
gan nuqtalar g‘arbiy uzoqlik
sharq da joylashgan nuqtalar 
sharqiy uzoqlik deyiladi.

Shimoliy yarimshar
Gখarbiy yarimshar
Sharqiy yarimshar

Download 18,41 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   132




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish