133
10-bob. HARAKAT VA KUCH
Aylanma harakat jismning ayla-
na bo‘ylab hara katlanishidir. Masalan,
avtomobil ruli yoki ventilyator parragi-
ning harakati.
Tebranma harakat
jism ning takrorlanuvchi
harakatidir. Masalan, be-
lanchakda o‘tirgan bola ning
harakati, tikuv mashi nasining
ignasi, beshiktervatarning chay-
qalishi, maysa va daraxtning shamol
esganda silkinishi.
Harakat turlarini aniqlang:
Istirohat bog‘idagi attraksion poyezd va yo‘lovchi
poyezd harakatlarida qanday
o‘xshashlik bor?
1. Daraxtdan olma uzilganda u qanday harakat qiladi?
2. Velosiped va velosiped pedalining harakatlarini o‘zaro solishtiring.
Rasmlardagi harakat turlarini tavsifl ang
Rasml
To‘g‘ri chiziqli harakat jismning to‘g‘ri chiziq bo‘ylab
harakat-
lanishidir. Masalan, to‘g‘ri yo‘lakda yugurayotgan sportchi, yomg‘ir
yog‘ishi, yuqoridan tashlangan jism, lazer nurining tarqalishi.
134
10-bob. HARAKAT VA KUCH
60-MAVZU.
KUCH
1. Atrofi mizdagi jismlar qanday harakatga keladi?
2. Jismlar harakatlanishining asosiy sababi nimada?
Kundalik hayotda muskullarimiz yordamida tortish, itarish,
uloqtirish yoki jismni
joyidan qo‘zg‘atish uchun kuch ishlatamiz. Jismlar kuch ta’sirida harakatga keladi. Masalan,
velosiped pedalini aylantirish, xona eshigini ochish va boshqalar.
Kuch jismlarni harakatga keltiruvchi asosiy sababdir.
Kuchlarning quyidagi turlarini o‘rganamiz: muskul kuchi,
mexanik kuch, ishqalanish
kuchi.
Biz sumkamizni ko‘taramiz, ruchkani qo‘l barmoqlarimiz
bilan mahkam tutib, u bilan
yozamiz, uy zinalarida harakatlanib yuqoriga ko‘tarilamiz,
sport maydonchalarida yugu-
ramiz. Barcha harakatlarni bajarish uchun muskul kuchlaridan foydalanamiz. Muskullar to-
monidan yuzaga keladigan kuchga
muskul kuchi deyiladi.
Jismga muskul kuchi ta’sir qilganda, uning shakli o‘zgaradi. Masalan,
havo solingan
pufak bosilganda kuch ta’sirida uning shakli o‘zgaradi. Novvoy xamirga shakl berib, non
mahsulotlarini tayyorlashda, kulol loyga ishlov berib, turli xil idishlar yasashda muskul kuchi-
dan foydalanadi.
Muskul kuchi jism harakatining yo‘nalishini va tezligini o‘zgartiradi. Masalan,
tennis
o‘yinida o‘yinchi tennis koptogini raqibiga qarata urganida uning muskul kuchi koptok yo‘na-
lishini o‘zgartiradi. Tennis koptogini urish bilan tezlikni oshirish yoki kamaytirish mumkin.
135
10-bob. HARAKAT VA KUCH
Haydovchi avtomobil rulini muskul kuchi bilan aylantirganda g‘ildirak avtomobil haraka-
tining yo‘nalishini o‘zgartiradi.