136
10-bob. HARAKAT VA KUCH
61-MAVZU.
ODDIY MEXANIZMLAR
1. Mixni yog‘ochdan qanday sug‘urib olish mumkin?
2. Misr ehromlari, Registon majmuasi qanday qurilganini bilasizmi?
Qadimda me’morlar turli inshootlarni qurishda kuch ta’sirini orttiradigan oddiy mexanizm-
lardan foydalangan.
Og‘ir yukni ko‘tarishda, quduqdagi suvni olishda, o‘tin yorishda yoki jismni joyidan silji-
tishda oddiy mexanizmlardan foydalaniladi.
Oddiy mexanizmlar – bu kuch kattaligini va yo‘nalishini o‘zgartirishga xizmat qiladigan
qurilmalar.
Richag, blok, qiya tekislik, pona, chig‘iriq oddiy mexanizmlarga misol bo‘ladi.
Richag – qo‘zg‘almas tayanch atrofi da aylana oladigan qattiq jism.
Kundalik turmushimizda richakli qurilmalardan ko‘p foydalanamiz. Masalan, qog‘oz
va matolarni qirqishda –
qaychi, mix sug‘urishda –
ombur, bolt
va gaykalarni mahkam-
lashda
klyuch (kalit)dan foydalanamiz.
Miloddan uch ming yil oldin Qadimgi Misrda ulkan piramidalar qurilgan. Bu pirami-
dalarni qurish paytida og‘ir tosh xarsanglari richag yordamida
siljitilgan va balandlikka
olib chiqilgan.