|
2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd Pdf ko'rish
|
bet | 99/132 | Sana | 09.12.2023 | Hajmi | 18,41 Mb. | | #114589 |
Bog'liq 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd62-MAVZU.
ODAMNING
TAYANCH-HARAKAT SISTEMASI
1. Insonda qaysi organlar harakatlanishga xizmat qiladi?
2. Quruvchilar dastlab uyning mustahkam ustunlarini o‘rnatadilar. Uyning ustunlari
qanday vazifani bajaradi?
Odamning tayanch-harakat
sistemasi – skelet va mus-
kuldan tuzilgan. Suyaklar –
tayanch-harakat sistemasining
passiv-nofaol qismi. Muskullar
– tayanch-harakat sistemasi-
ning aktiv-faol qismi.
Skelet va muskullar bo-
lalarda tez o‘sib, rivojlana-
di. Mehnat, jismoniy mashq
va sport bilan shug‘ullanish
skeletning to‘g‘ri shakllanishi,
suyaklarning mus tahkam bo‘li-
shi va muskullarning kuchli
rivojlanishiga yordam beradi.
Skeletning funksiyalari
Skelet suyaklardan iborat.
Suyaklar tanamizga shakl berib
turuvchi mustahkam tayanch
ustunlardir. Suyaklar himoya
vazifasini ham bajaradi. Miya
qutisi bosh miyani, ko‘krak qa-
fasi esa yurak, o‘pkalarni hi-
moya qiladi. Skelet muskullar
uchun tayanch nuqta, ya’ni ri-
chag sistemasidir.
Miya qutisi
Yuz muskullari
Ko krak muskullari
Qorin muskullari
Qo l muskullari
Son muskullari
Boldir muskullari
Kurak
O mrov
Yelka suyagi
Qovurg alar
Bilak suyagi
Tirsak suyagi
Chanoq
suyagi
Son suyagi
Katta boldir
suyagi
Kichik boldir
suyagi
Oyoq panjasi
Muskul
Suyak
Pay muskulni
suyak bilan
bog laydi
Bog lam
Qo l
panjasi
Umurtqa
pog onasi
Muskullar qisqarish xususiyatiga ega. Ular paylar yordamida
suyaklarga birikadi. Muskullar qisqarib suyaklarni harakatga keltiradi.
Muskullar qisqarganda suyaklar xuddi richag kabi ishlaydi. Bu
sizga har xil harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi. Mus-
kullar ishlashi uchun energiya zarur. Bu energiyani siz iste’mol
qilgan oziq-ovqatdan olasiz.
|
| |