147
10-bob. HARAKAT VA KUCH
elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr stan-
siyalari quriladi. Ishlab chiqarilgan elektr ener-
giyasidan sanoatda
va kundalik turmushda
foydalaniladi.
Dengiz g‘avvoslari
uchun maxsus himoya
kostyumi kerak. Chunki g‘avvos dengiz tubi-
ga tushgan sari tanasiga ta’sir etuvchi bosim
uning qon bosimidan ancha yuqori bo‘ladi.
Shu ning uchun
mustahkam plast massa yoki
quyma alyuminiydan tayyorlangan maxsus himo-
ya kostyumini kiyishi kerak.
Devorga bo‘yoq purkash, bemorga inyeksiya qilish,
yuqori qavatli uylarga suv chiqarish
kabilar suyuqlikka
berilgan bosim orqali amalga oshiriladi.
Plastik idish pastki qismidagi teshikdan otilgan suvning
miqdori yuqori qismidagi
teshikdan otilgan suvning miqdoridan ko‘p. Bunga sabab suvning bosimi suyuqlik chuqur-
ligiga bog‘liq. Demak, suyuqlik tubiga tushib borgan sari suyuqlik bosimi ortadi va natijada
suyuqlikning oqib chiqish tezligi ham ortadi.