145
10-bob. HARAKAT VA KUCH
Sizga ma’lumki, bosim –
biror jismning boshqa
jism sirtiga ko‘rsatadigan kuchi. Bu kuch jism yuza-
siga bog‘liq. Yuza qancha kichik bo‘lsa, bosim kuchi
shuncha katta bo‘ladi. Mittigina chivin xartumchasi
va ari nayzasining yuzasi
xuddi ignaning uchi kabi
juda kichik. Ular odam yoki hayvonlar terisiga san-
chilganda katta bosim ko‘rsatadi va terini teshadi.
Siz qumli cho‘llarda yashovchi tuyalarni juda yaxshi
bilasiz. Ularning keng yuzali
tuyoqlari qumga botib
ketmaydi. Chunki oyoqlarning keng yuzali bo‘lishi sirt
maydonini oshiradi va bosim kuchini kamaytiradi.
Bu moslashish tuyalarning qumda yuqori tez likda
harakatlanishlariga imkon beradi.
Chivinning xartumchasi va shpris ignasi o‘rtasi-
da qanday o‘xshashlik bor?
Qaysi hayvonlar shunday mosla nish ga ega?
Baliq suv ostiga tusha boshlaganda suv ning
bosimi ortishi tufayli pufak ichidagi gaz lar siqilib,
pufak kichiklashadi, natijada baliq yanada past-
ga tushadi. Baliq yuqoriga ko‘tarilganda suv
bosimi
pasayadi, natijada pufak kengayadi va
baliq suv yuzasiga chiqadi.
Jismning boshqa jism sirtiga ko‘rsatadigan kuchi shu jism yuzasiga bog‘liqligidan
qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Baliqlar suv yuzasiga qanday ko‘tariladi?
Baliqlar suzgich pufagining asosiy vazifasi suzuv chanlikni ta’minlashdir: suzgich pufagi
baliq tanasi zichligini suv zichligiga yaqinlashtiradi. Natijada baliq ma’lum chuqurlikda turishi
uchun energiya sarfl ashi shart emas.
Suzgich pufagi
Suv muhitida bosim
atmosferaga nisbatan yuqori
bo‘lishiga qaramay, dengiz tubida hayot qaynaydi. Suvda
yashovchi hayvonlar suvning katta bosimiga moslashgan.
Suv muhitida yashovchi tirik organizmlar tanasining
zichligi suv zichligidan deyarli farq qilmaydi.
Akulalarda suzish pufagi bo‘lmaydi.
Akulalar suv yuzasiga ko‘ta rilish
uchun
qanday yo‘l tutadilar?