158
11-bob. ENERGIYA
Suv solingan stakanga qalamni tushirsak,
qalam singandek ko‘rinadi.
Buning sababi shu-
ki, yorug‘lik havodan suvga o‘tganda yo‘nalishi-
ni o‘zgartiradi. Yorug‘lik yo‘na lishining bunday
o‘zgarishi
yorug‘lik ning sinishi deyiladi.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸
kosa
▸
tanga
▸
suv quyilgan idish
Tajribani guruhlarda bajaring.
1. Kosani stol ustiga qo‘ying.
2. Kosa asosining o‘rtasiga tangani skotch bilan
yopishtiring.
3. Kosa ichidagi
tangaga qarab undan uzoq-
lashing, tanga ko‘rinmay qolsin.
4. Kosaga do‘stingiz bir tekisda suv quysin.
Jarayonni kuzating.
Kosaga solingan tanganing suv solingandan keyingi ko‘rinishini qanday izohlaysiz?
Suv havzalari tubining sayoz ko‘rinishi yorug‘likning sinishi bilan bog‘liq.
Siz cho‘milish hovuziga yaqin kelganingizda suv sathi sayoz ko‘ringandek bo‘ladi.
Hovuzning sayozligini taxmin qilib, sho‘ng‘iganingizdan so‘ng uning chuqur ekaniga amin
bo‘lasiz. Shuning uchun suv tasviriga aldanmaslik kerak. Suvning tubi sayoz ko‘ri nishining
sababi yorug‘likning sinishi bilan bog‘liq.
1. Ko‘zgu qanday yasalgan?
2. Ko‘zgularda tasvirlar qanday hosil bo‘ladi?
3. Kundalik turmushda yorug‘likning qaytishi va sinishini qayerlarda kuzatish
mumkin?
Yorug‘likning sinishini kuzatganmisiz?