• 69-MAVZU. NIMA UCHUN KEMALAR CHO KMAYDI
  • Arximed haqida afsona
  • 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    Heron favvorasi. Tutash idishlardan foydala nib tashqaridan 
    suv olmaydigan, lekin uzoq vaqt ishlaydigan favvorani yasash 
    mumkin. Favvorani milodiy I asrda yashagan aleksandriyalik He-
    ron ixtiro qilgan. 
    Agar tutash idishlarga har xil suyuqliklar quyilsa, idishlardagi 
    suyuqlikning balandligi ham turlicha bo‘ladi. 
    A
    B
    h
    h
    Rasmdagi Heron favvorasining ishlash prinsipini do‘stla-
    ringiz bilan muhokama qiling. 


    152
    10-bob. HARAKAT VA KUCH
    69-MAVZU. 
    NIMA UCHUN 
    KEMALAR CHO KMAYDI?
    Suvda suzayotganingizda, yerda yurganingizda o‘zingizni qanday his qilasiz?
    Suvga mix yoki kichkina tosh tashlansa, cho‘kib ketadi. 
    Agar bir bo‘lak yog‘och yoki po‘kakni suyuqlik ichida ushlab turib 
    qo‘yib yuborsak, uning suyuqlik sirtiga qalqib chiqqanini ko‘ra-
    miz. Bundan suyuqlikka botirilgan jismni yuqoriga qarab ko‘ta-
    ruv chi kuch bor ekanini his qilamiz. Bu kuchni birinchi bo‘lib 
    milod dan avvalgi II asrda yashagan qadimgi yunon olimi Arximed 
    aniqlagan, shuning uchun bu Arximed kuchi deb ata ladi. 
    Arximed haqida afsona 
    Sirakuza qiroli Hiyeron 
    o‘ziga oltindan toj yasashni 
    ustaga buyuradi. Qirol usta 
    oltindan yasagan tojning 
    og‘irligi unga berilgan oltin 
    og‘irligiga teng bo‘lsa-da, 
    uni boshqa metallar qo-
    tishmasidan yasalgan deb 
    gumon qiladi. Sirakuza 
    qiroli usta yasagan tojga 
    zarar yetkazmasdan uning 
    sof oltindan yasalganini 
    tekshirishni Arximedga bu-
    yuradi.
    Buning uchun toj zichli-
    gini sof oltin zichligi bilan solishtirish kifoya edi. Arximed bu vazifani bajarish uchun juda ko‘p 
    o‘ylanadi. Tojning massasini tarozida tortish oson, ammo uning hajmini qanday aniqlash 
    mumkin, chunki toj juda murakkab shaklga ega edi. 
    Arximed kunlarning birida hammomda suv bilan to‘ldirilgan vannaga tushganda suv 
    toshib ketganini ko‘radi va “Evrika!”, ya’ni “Topdim!” deb xitob qiladi. Chunki vannadan 
    to‘kilgan suvning hajmi o‘z tanasining hajmiga teng ekanligini tushunadi. Shundan keyin 
    bir xil massaga ega bo‘lgan turli metallar aralashmasidan yasalgan toj oltindan yasalgan 
    tojdan kattaroq hajmga egaligini aniqlaydi. 


    153
    10-bob. HARAKAT VA KUCH
    Nima uchun havo sharlari osmonga ko‘tariladi?
    Havo sharlari, aerostat, dirijablning havoga ko‘tarilishi Arximed kuchiga asoslangan.
    Havo sharlarining ichi havoga nisbatan zichligi kichik bo‘lgan geliy gazi bilan to‘ldirila-
    di. Sharga ta’sir ko‘rsatuvchi Arximed kuchi shar ichidagi gazning og‘irlik kuchidan katta 
    bo‘lgani uchun havo shari yuqoriga ko‘tariladi. 
    Kemalar qanday suzishini bilasizmi? 
    Kema va qayiqlarning suvda suzishi ham Arximed kuchiga asoslangan. Kema
    korpusining suvga botgan qismi juda katta miqdordagi suvni siqib chiqaradi. Arximed
    qonuniga asosan siqib chiqarilgan suvning og‘irligi Arximed kuchiga teng. Bu kuch
    shunchalik katta bo‘lib, u kema va unga ortilgan yukni ko‘tara oladi. Kema korpusining 
    eng ko‘p suvga botish darajasi qizil chiziq bilan belgilanadi. Bu chiziq vater chiziq deb 
    ataladi. Vater  hollandcha so‘z bo‘lib, “suv” degan ma’noni anglatadi. Ulkan yuk kema-
    larida vater chizig‘ining suvga botishi qat’iy nazorat qilinadi.
    1. Qanday suvda odam cho‘kmaydi?
    2. Havo sharlari ko‘tariladigan balandlik chegaralanganmi?
    3. Tuxum toza suvda cho‘kadi, ammo sho‘r suvda suzib yuradi. Sababini tushuntiring 
    va tajribada tekshirib ko‘ring.


    154
    10-bob. HARAKAT VA KUCH

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish