• 58-MAVZU. O ZBEKISTON IQLIMINING O ZIGA XOS JIHATLARI
  • 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet94/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    “O‘simliklar”, ikkinchi jild esa “Hayvonlar”
    deb nomlangan. 
    1. Nima uchun mamlakatimizdagi qo‘riqxonalar-
    ning aksariyati tog‘li hududlarda joylashgan?
    2. Milliy bog‘ va qo‘riqxonalar qaysi jihatlari bilan 
    farqlanadi?


    129
    9-bob. MENING VATANIM
    58-MAVZU. 
    O ZBEKISTON IQLIMINING 
    O ZIGA XOS JIHATLARI
    1. Sizningcha, ob-havo va iqlim tushunchalarining qanday farqi bor?
    2. Ob-havo hamda iqlim to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilish nima uchun zarur?
    O‘zbekiston okean va dengizlardan uzoqda, Yevrosiyo materigining ichki qismida 
    joylashgani sababli o‘ziga xos kontinental iqlimga ega. Kontinental iqlimning asosiy 
    xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
    – 
    osmon ochiq va quyoshli;
    – 
    harorat nihoyatda yuqori, yillik yog‘in miqdori kam, aksincha, mumkin bo‘lgan bug‘-
    lanish katta;
    – 
    yoz uzoq vaqt davom etib, jazirama issiq, qish esa shu geografi k kenglik uchun birmun-
    cha sovuq;

    yillik va sutkalik haroratning farqi katta.
    Mamlakatimizda yil fasllari shu kenglikda joylashgan boshqa hududlardagi fasllardan 
    farq qiladi. O‘zbekistonning katta qismi mo‘tadil kengliklarda joylashgani uchun bu yerlar-
    da 4 ta fasl aniq namoyon bo‘ladi. Fasllarning boshlanish va tugash muddatlari, ob-havosi 
    o‘ziga xos.
    Qish. O‘zbekistonda qish 
    fasli sutkalik o‘rtacha harorat 
    +5 °C dan pasaygan kundan 
    boshlanadi. 
    O‘zbekistonda 
    qish shu kengliklarda joylash-
    gan O‘rta dengiz atrofi dagi 
    hududlarga nisbatan sovuq 
    va quruq. Bunga sabab O‘rta 
    dengiz atrofi dagi hududlar-
    ga Atlantika okeanidan iliq 
    va sernam havo kelib turi-
    shidir. Qishda ob-havo vaq-
    ti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, 
    ya’ni sovuq kunlar iliq kunlar 
    bilan almashinib turadi. Bu 
    havo massalarining harakati-
    ga bog‘liq. Arktika va Sibir-
    dan sovuq havo massalari 
    kirib kelganida ob-havo kes-
    kin soviydi. Natijada mam-
    lakatimizning 
    shimoli-g‘ar-
    biy qismlarida havo harorati –30 °C dan ham tushib ketadi. Baland tog‘larda qish sovuq 
    bo‘lib, 3–4 oy davom etadi hamda qor ko‘p yog‘adi. Qishda mamlakatimizdagi yillik yog‘in-
    ning 30% ga yaqin qismi tushadi. 


    130
    9-bob. MENING VATANIM
    Bahor. O‘zbekistonda bahor fasli sutkalik o‘rtacha 
    harorat +5 °C dan +20 °C gacha oraliqda o‘tgan kunlar-
    ni o‘z ichiga oladi. Taqvim bo‘yicha bahor mart oyidan 
    boshlansa-da, aslida fevral oyining oxirlarida o‘rta-
    cha sutkalik harorat +5 °C dan oshadi va shu kunlar 
    qishning oxiri hamda bahorning boshlanishi deb hi-
    soblanadi. Bahorda ob-havo tez-tez o‘zgarib turadi: 
    ba’zan isiydi, ba’zan esa biroz soviydi. Bu ham havo 
    massalarining harakatiga bog‘liq. Yillik yog‘inning de-
    yarli 40% i bahor fasliga to‘g‘ri keladi. May oylarida 
    harorat ko‘tariladi, havo ochilib, yog‘inlar keskin ka-
    mayadi va shu vaqtdan yoz boshlanadi. 
    Yoz. Mamlakatimizda yoz fasli o‘rtacha sutkalik 
    harorat +20 °C dan oshganda boshlanib, +20 °C 
    dan pasayganda tugaydi. Taqvim bo‘yicha iyun oyi-
    da boshlanib, avgustning oxirida tugasa ham, asli-
    da mayning o‘rtalarida boshlanib, sentyabr oyining 
    oxirlarigacha davom etadi. Yoz oylari jazirama issiq 
    va qurg‘oqchil bo‘ladi. Yillik yog‘inning deyarli 10% i
    yog‘adi. Bulutsiz, jazirama issiq kunlar iyul-avgust 
    oylarida ko‘p kuzatiladi. Yoz faslida O‘zbekiston-
    ning tekislik qismida iyul oyining o‘rtacha harorati 
    +26 °C...+32 °C atrofi da o‘zgaradi. Yurtimizdagi eng 
    yuqori harorat Termiz shahrida kuzatilgan bo‘lib, 
    u +50 °C ga yetgan.
    Kuz. O‘zbekistonda sutkalik o‘rtacha havo harorati 
    +20 °C dan pasayganda boshlanib, +5 °C dan pasay-
    ganda tugaydi. Haqiqiy kuz oktyabr oyidan boshlana-
    di. Shu oydan boshlab kun sezilarli darajada qisqara-
    di, havo salqinlasha boshlaydi. Oktyabrda havoning 
    o‘rtacha harorati iyuldagidan 12–15 °C past bo‘ladi. 
    Shimoldan sovuq havo massalari kirib kelgan payt-
    lari kechalari havo sovib ketib, ba’zan qirov tushadi. 
    Kuzda yillik yog‘inning 15–20% i yog‘adi. Kuz fasli-
    ning oxiriga borib sovuq kuchayadi, osmonda bulut 
    ko‘payadi, yomg‘ir, ba’zan esa qor yog‘adi. 
    1. O‘zbekiston iqlimining shakllanishida qaysi tog‘larning o‘rni katta? 
    2. Yer sharida fasllar almashinishiga sabab nima?


    131
    9-bob. MENING VATANIM

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish