166
11-bob. ENERGIYA
Issiqlik o‘tkazuvchanlik moddaning xususiyatlari-
dan biridir.
Qishda uyimizni isitish uchun elektr pech yoki isi-
tish batareyasidan foydalanamiz.
Elektr pechdan
yoki isitish batareyasidan chiqayotgan issiqlik havo-
ga o‘tadi. Havo issiqlikni atrofdagi jismlarga uzatadi.
Natijada isitish qurilmasining atrofi dagi jismlar isiydi.
Ammo isitish qurilmasidan uzoqda bo‘lgan jismlar-
ga issiqlik juda kam yetib boradi. Chunki havo issiqlik-
ni metallarga nisbatan yaxshi o‘tkazmaydi.
Uyni isitish batareyasi derazaning tagiga, polga yaqin qilib
o‘rnatilishining sababini bilasizmi?
Isitish batareyasi atrofga issiqlik uzatadi.
Natijada bata-
reya atrofi dagi havo qatlami qiziydi. Issiq havo yuqoriga
qarab ko‘tariladi va qisman issiqlikni xona shiftiga beradi.
Biroz sovigan yuqoridagi havo qatlami esa pastga tushadi.
Bu havo oqimi isitish orqali yana qiziydi. Shu tariqa pastdan
yuqoriga qarab issiq havoning ko‘chishi
uzluksiz davom eta-
di. Issiqlikning bu turdagi uzatilishi, ya’ni
issiqlik oqimining
ko‘chishi
konvek siya deb ataladi.
Qish paytida pomidor, bodring, limon, mandarin kabi sab-
zavot va mevalar issiqxonalarda yetishtiriladi. Issiqxonaning
usti va yon tomonlari qalin va mustahkam shisha oyna bi-
lan o‘ralgan bo‘ladi. Quyoshdan kelayotgan nurlarni
shisha
yaxshi o‘tkazadi. Bu nurlar tuproqqa yutilib, uni qizdiradi.
Shuningdek, issiqxona ichidagi havo ham qiziydi. Shisha ta-
biatiga ko‘ra issiqlikni yomon o‘tkazadi. Shishaning bu tabiati
issiq xona ichidagi issiqlikni “tutib qolish” vazifasini bajaradi.
Yunusning dadasi uyning devorini g‘isht
yoki paxsadan
qilishni quruvchilarga aytdi. Uyning ustini yopishda esa
dastlab poxol va uning ustiga tuproq solib, so‘ng suvoq qilish
kerakligini ta’kidladi.
Uy devorini g‘isht yoki paxsadan qilishning qanday ahamiyati bor?
Uyning ustini yopishda poxol va tuproqdan foydalanishga sabab nima?
Nima sababdan darcha derazaning yuqori qismiga o‘rnatiladi?
1. Qanday moddalar issiqlikni yomon o‘tkazadi?
2. Qalin palto yoki po‘stin odamni isitadi deyish to‘g‘rimi?