|
2 Tashkilot haqida umumiy ma’lumot
|
bet | 1/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,24 Mb. | | #229622 |
Bog'liq Amaliyot hisoboti 4-kurs
Diplom oldi amaliyot hisoboti
Reja:
1.Kirish.
|
2
|
2.Tashkilot haqida umumiy ma’lumot.
|
4
|
3.Tashkilotda internet aloqasi mavjudligi, ishlash tezligi, ulanish va texnik xizmat ko’rsatish.
|
6
|
4.Tashkilotda mavjud kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minotlari.
|
8
|
5. id.egov.uz - OneID – Yagona idintifikatsiya tizimi.
|
9
|
6. my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal.
|
14
|
7.dxa.gov.uz – Davlat xizmatlari agentligi
|
17
|
8.office.birdarcha.uz va registr.stat.uz Biznesni ro'yxatdan o'tkazish va Korxona va tashkilotlar to`g`risida ma`lumot
|
19
|
9.Xulosa
|
21
|
10.Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalar
|
22
|
Kirish
2017 yil 12-dekabrda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimida o‘zgarishlar boshlangan, bu sohada mas'ul davlat organi – Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilgan edi. Davlat xizmatlarini olishdagi byurokratiya va korrupsiya darajasini kamaytirish – agentlikning asosiy vazifalaridan etib belgilangan. Ayni paytda O‘zbekistonning barcha hududlarida jami 203ta DXM ishlab turibdi. Ularda 150 turdagi davlat xizmatlari fuqaroning yashash joyidan qat'i nazar, ya'ni eksterritorial tamoyil asosida taqdim etiladi.
Davlat xizmatlari tizimiga tegishli 70dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi. Fuqarolar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar soni 167 tadan 79 taga, xizmat ko‘rsatish uchun talab etiladigan muddat esa qariyb 2 barobardan ko‘proqqa – jami 465 kundan 245 kunga qisqardi. Davlat xizmatlari ko‘rsatishda ilk bor umumrespublika bo‘yicha xizmat ko‘rsatishning eksterritorial tamoyili hamda tadbirkorlik sub'yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bir vaqtda bank hisobraqamlarini ochish mexanizmi yo‘lga qo‘yilib, muhr va shtamplardan foydalanish majburiyati bekor qilindi. Natijada Jahon bankining «Biznesni yuritish – 2020» reytingida Davlat xizmatlari agentligi mas'ul bo‘lgan «Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish» indikatorida O‘zbekiston 190 ta davlat ichida 8-o‘rinni egalladi.
Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga o‘tkazildi. Respublikadagi barcha davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarning og‘irini imkon qadar yengillatish maqsadida qator qulayliklar joriy etildi.
Birinchidan, fuqarolar biror ish bilan DXM yaqinida tashqarida turib qolsa – hatto DXMda ishi bo‘lmasa ham – ichkariga kirib isinib olishlari mumkin: ularga bir piyola issiq choy, shinam kutish zallari hozir.
Ikkinchidan, barcha DXMga tashrif buyurayotgan (Toshkent shahri mustasno) pensioner, nogiron, yosh bolali fuqarolarni xizmat avtomashinasi «Damas»larda zarur hollarda avtobuslar bekati, shahar yoki tuman markazi, uyiga qadar yetkazib qo‘yish to‘g‘risida rahbariyat tomonidan topshiriq berildi.
Uchinchidan, barcha DXM energiyatejamkor rejimda ishlamoqda: kunduz kuni chiroqlar yoqilmaydi, faqat kompyuter va fuqarolarga ma’lumot beruvchi tablolar ishlaydi.
Shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘chaga chiqmay, uydan turib olish imkoniyatlari ham yana bir bor eslatiladi.
my.gov.uz, license.gov.uz hamda new.birdarcha.uz portallari orqali uydan chiqmagan holda elektron davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin
Masalan, my.gov.uz orqali:
– sanatoriylarda davolanish yo‘llanmasini olish;
– masofadan turib bolani bog‘chaga navbatga qo‘yish va navbatni tekshirish;
– nikohdan o‘tishga onlayn ariza topshirish mumkin.
«Lisenziya» axborot tizimi orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlari uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli ma’lumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan ma’lumotlar izlash imkoniyatlari mavjud.
Biznesni new.birdarcha.uz orqali uydan chiqmagan holda oson va tez boshlash imkoni yaratilgan.
|
| |