Tashkilot haqida umumiy ma’lumot




Download 6,24 Mb.
bet2/8
Sana13.05.2024
Hajmi6,24 Mb.
#229622
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Amaliyot hisoboti 4-kurs

Tashkilot haqida umumiy ma’lumot
Men Lutfullayev Ilhombek – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari unversoteti Qarshi filiali 4-bosqich talabasi “Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyoti” bo’yicha Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markaziga yo’llanma va shartnoma asosida keldim. Amaliyot davri 2024-yil 22-aprel kunidan 11-may kunigacha belgilangan edi. Dastlab tashkilotdan menga amaliyot rahbari etib Dilnoza Tursunova belgilandi. Tashkilotdagi barcha xodimlar bilan tanishib texnik qoidalar haqida tushunutirishdi.
Qarshi shahar Davlat Xizmatlari Markazi quyidagi manzilda joylashgan: O‘zbekiston, 180100, Qashqadaryo viloyati, Qarshi, Mustaqillik shoh ko'chasi, 50

1-rasm: Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazining xaritadagi joylashuvi
Davlat xizmatlari markazi uchun ajratilgan umumiy er maydoni 1800 kv.metr bo`lib, bu Respublika miqyosidagi eng katta binolardan biri hisoblanadi. Binoning tashqi ko`rinishi ham, uning ichki dizayni ham o`zgacha uslubda qilingan.

2-rasm: Qarshi shahridagi Davlat xizmatlari markazi
Birinchi navbatda, bino peshtoqidan joy olgan katta LED-ekran ko`zga tashlanadi. Bu ekran o`zining shakli, hajmi bilan sanoqli ekzemplyar hisoblanadi. Ekran kattaligi - bo`yi 6 metr, eni 12 metrni tashkil etadi.
Binoda davlat xizmatlarini ko`rsatish uchun zarur bo`ladigan barcha shart sharoitlar yaratilgan. Jumladan, 48 ta xizmat ko`rsatish oynasi, o`z-o`ziga xizmat ko`rsatish xonalari va infokioskalari, elektron auksionda ishtirok etish uchun alohida xonalar, elektron navbat tizimi, investorlar va mahalliy tadbirkorlar bilan biznes-uchrashuvlarni o`tkazishga mo`ljallangan investrolar xonasi, anjuman va seminarlar uchun konferens-zal va albatta, kutubxona hamda bolalar maydonchasi ham joy olgan.
Ko`rsatilgan barcha xizmatlar to`lovini amalga oshirish uchun bank kassalari mavjud hamda naqd pul echish uchun bankomatlar qo`yilgan. Mobil telefonlarning quvvat olishi uchun qurilmalar ham o`rnatilgan. Binoda bepul wi-fi o`rnatilgan bo`lib, undan markazga tashrif buyurgan fuqarolar beminnat foydalanishlari mumkin. Zalda yilning to`rt faslida ham, bir xil mikroiqlimni tuhfa etuvchi manzara hech kimni befarq qoldirmaydi. Noyob gullar manzarasi biri birini takrorlamaydi.
Shu erning o`zida notarius, adliya bo`limi, FHDYo bo`limi, sug`urta tashkiloti filiallari ham joylashgan. Ko`pchilik kutgan xizmat turi, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasini endi markazda joylashgan YHXB bo`limining maxsus xonasidan olishingiz mumkin bo`ladi.
Shuningdek, Xalq qabulxonasi va Bosh vazir qabulxonasi ham Davlat ximzatlari markazi bilan yonma-yon faoliyat ko`rsatadi.
Tashrif chog`ida, fuqarolarga bepul asosda, yuridik maslahat beruvchi “Madad” xuquqiy maslahat byurosi xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin bo`ladi.
D avlat xizmatlari agentligi va BMT Taraqqiyot Dasturi hamda Yevropa hamjamiyati hamkorligi tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan “O`zbekiston qishloq joylarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo`shma loyihasi ishtirokchi va mutaxassislari uchun ham xona ajratilgan.

Download 6,24 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 6,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tashkilot haqida umumiy ma’lumot

Download 6,24 Mb.