|
Tashkilotda mavjud kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minotlari
|
bet | 4/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,24 Mb. | | #229622 |
Bog'liq Amaliyot hisoboti 4-kursTashkilotda mavjud kompyuterlar va ularning dasturiy ta’minotlari.
Tashkilotda xizmat ko’rsatish sifatini yaxshilash maqsadida zamonaviy kompyuterlar va uning dasturiy ta’minotlaridan foydalinali. Buning uchun tashkilotda barcha sharoitlar yaratilgan. Yagona portal - elektron davlat xizmatlari orqali foydalanish imkoniyatiga ega bo'lsangiz. Bu portal orqali siz bir tomonlama va ikki tomonlama shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan tranzaktsion xizmatlar ham bu portal orqali ko'rsatiladi.
Dasturiy taʼminot, yoki software, kompyuterda maʼlum bir turdagi vazifani bajarish uchun ishlab chiqilgan vositadir. Bu dasturiy vositalar, kompyuter tomonidan qoʻllaniladigan barcha dasturlarni oʻz ichiga oladi. Dasturiy taʼminot 3 guruhga boʻlinadi:
Sistema dasturlari: Unga turli yordamchi vazifalarni bajaruvchi dasturlar kiradi. Masalan, Task Manager (Windows operatsion tizimida mavjud).
Amaliy dasturlar: Unga foydalanuvchiga aniq bir foydalanish sohasida maʼlumotlarga ishlov berish va qayta ishlashni amalga oshiruvchi dasturlar kiradi. Misol uchun, Microsoft Office va Adobe Creative Cloud.
Uskunaviy dasturlar: Bular dasturlash uchun ishlatiladigan dasturlardir.
4-rasm: electron imzo, yuzni anqilash (FaceId) va barmoq izi skaneri qurilmalari
Tashkilotda electron navbat tizimi ham mavjud bo’lib, xizmat ko’rsatishda inson omilini kamaytirish va shaffoflikni yaxshilash maqsadida electron imzo, yuzni aniqlash (FaceID) va barmoq izi skaneri qurilmalaridan foydalaniladi.
id.egov.uz - OneID – Yagona idintifikatsiya tizimi.
id.egov.uz - bu tizim, O’zbekistonning yagona identifikatsiya tizimidir. U foydalanuvchilarga elektron hukumat va davlat organlarining turli axborot tizimlariga qulay va xavfsiz kirish imkonini beradi. Royhatdan o’tish uchun sizga pasport ma’lumotlari kerak bo’ladi. Bu tizim orqali, siz elektron hukumat xizmatlarini onlayn tarzda olishingiz mumkin.
OneID bu nima?
Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) barcha foydalanuvchilar uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tijorat tashkilotlarining turli veb-saytlari va portallariga oson kirish uchun mo‘ljallangan.
OneID veb-saytlarga bir qator xizmatlarni taqdim etish uchun foydalanuvchilarni identifikatsiya qilish imkonini beradi. Buning uchun foydalanuvchilar o‘zlarining shaxsiy maʼlumotlarini, jumladan login, parol, F.I.SH, JSHSHIR va hokazolarni oldindan OneIDda ro‘yxatdan o‘tkazishlari kerak.
Veb-saytga kirish uchun foydalanuvchi OneIDga o‘z akkauntidan login va parolni kiritishi kerak. Shundan so‘ng, tizim kiritilgan maʼlumotlarning muvofiqligini tekshiradi va autentifikatsiya natijasini foydalanuvchi identifikatori bilan birga qaytaradi.
OneID veb-saytlarga bir martalik parol va elektron raqamli imzo yordamida foydalanuvchilarning qo‘shimcha autentifikatsiyasini amalga oshirish imkoniyatini ham beradi. Buning uchun so‘rov parametrlarida afzal topilgan autentifikatsiya turini ko‘rsatish kerak.
5-rasm: id.egov.uz OneID – Yagona idintifikatsiya tizimi asosiy sahifasi
Ro’yxatdan o’tishda O’zbekiston respublikasi fuqarosi nafaqat chet el fuqarolari ham idintifikatsiyadan o’tishlari mumkin. Bunda passport ma’lumotlari kiritilib elektron pochta manzili (Elektron pochta xabarnomalarni yuborish va kirish huquqini tiklash uchun ishlatiladi), telfon raqami (tizimda foydalaniladigan haqiqiy telefon raqamini kiriting. Ushbu raqamga SMS yuboriladi), “Keyingi” tugmasi ("Keyingi" tugmasini bosgandan keyin shaxsiy ma'lumotlaringiz avtomatik ravishda yuklanadi. Agar biron-bir noaniqlik aniqlansa, istalgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin.)
Bu tizimdan ro’yxatdan o’tish va foydalanish 4 ta bosqichdan iborat bo’lib:
Login va parol
Mobile-ID
ERI (Elektron raqamli imzo)
ID-karta
6-rasm: OneID – Yagona idintifikatsiya tizimining ro’yxatdan o’tish sahifasi
Bunda passport ma’lumotlari kiritilib elektron pochta manzili (Elektron pochta xabarnomalarni yuborish va kirish huquqini tiklash uchun ishlatiladi), telfon raqami (tizimda foydalaniladigan haqiqiy telefon raqamini kiriting. Ushbu raqamga SMS yuboriladi), “Keyingi” tugmasi ("Keyingi" tugmasini bosgandan keyin shaxsiy ma'lumotlaringiz avtomatik ravishda yuklanadi. Agar biron-bir noaniqlik aniqlansa, istalgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin)
|
| |