|
my.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal
|
bet | 6/8 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 6,24 Mb. | | #229622 |
Bog'liq Amaliyot hisoboti 4-kursmy.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal.
Jismoniy va yuridik shaxslarning elektron portal orqali davlat organlari bilan o‘zaro aloqasi, ya’ni hukumat tomonidan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishi raqamli iqtisodiyotning ajralmas qismi hisoblanadi. Shu maqsadda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
8-rasm: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining asosiy sahifasi
Yagona portal – davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portalda jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan elektron davlat xizmatlari alohida sohalarga ajratilgan holda taqdim etiladi.
Yagona portal yordamida elektron davlat xizmatlaridan uydan chiqmasdan turib foydalanish mumkin. Shunchaki kerakli xizmatdan foydalanish uchun elektron shakldagi so‘rovnoma to‘ldiriladi va ariza yuboriladi. Masalan bolani bog‘chaga joylashtirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish)ga ruxsatnoma olish, oylik ish haqi, mehnat daftarchasi, soliqdan qarzi yoki pensiya hisobvarag‘ini tekshirish kabi ko‘plab xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Yagona portalning maqsad va vazifalari
- ariza beruvchilar uchun raqamli hukumat doirasida davlat organlari bilan munosabatlarni amalga oshirish uchun butun mamlakat bo‘ylab imkoniyatlar yaratish;
- ariza beruvchilar bilan munosabatlarni amalga oshirishda davlat boshqaruvi tizimida “bir darcha” prinsipini amalga oshirish;
- davlat xizmatlari ko‘rsatishning shaffof mexanizmlarini yaratish, muddatlarni qisqartirish va ularni ko‘rsatish tartibining bajarilishini markazlashtirilgan nazorat qilish yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish;
- davlat xizmatlarini olishda aholi, tadbirkorlik subyektlari va davlat organlari xarajatlarini kamaytirish.
Yagona portalning Mobil ilovasi
Yagona portalning mobil ilovasi yordamida elektron davlat xizmatlaridan istalgan vaqtda mobil telefonlar orqali foydalanish mumkin.
Mobil ilova orqali foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:
- elektron davlat xizmatlaridan foydalanish;
- Yagona portal yoki davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan arizalar holatini kuzatib borish va natijasini yuklab olish;
- arizalarni ko‘rib chiqish jarayoni to‘g‘risida xabarnomalar olish;
- soliq va jarimalar holatini doimiy kuzatib turish va boshqalar.
Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish
Yagona portaldagi xizmatlardan foydalanish uchun Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) sahifasiga kirib, identifikatsiyadan o‘tiladi. Buning uchun jismoniy shaxsdan tug‘ilgan sanasi, pasport seriyasi va raqami, elektron pochta manzili va telefon raqamini kiritish talab etiladi.
9-rasm: Yangi talqindagi yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining asosiy sahifasi.
|
| |